Mahalliy

Uzum va PUBG MOBILE qo‘shma tashabbusi doirasida 5000 nafar o‘quvchi maktab anjomlariga ega bo‘ldi

O‘zbekistonning 14 ta shahridagi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab to‘plamlari topshirildi. Bu xayriya tadbiri Uzum va PUBG MOBILE tashabbusi hamda ONA jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirildi.

Uzum va PUBG MOBILE qo‘shma tashabbusi doirasida 5000 nafar o‘quvchi maktab anjomlariga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda o‘yin hamjamiyatining faolligi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga amaliy yordamga aylandi: PUBG MOBILE maxsus tadbirida 2 mln dan ortiq ishtirok qayd etildi. ONA jamg‘armasi ko‘magida O‘zbekistonning 14 ta shahridagi bolalarga Uzum va PUBG MOBILE qo‘shma tashabbusi doirasida ryukzaklar, daftarlar va boshqa o‘quv qurollari topshirildi.

Xayriya tashabbusi texnologiya, o‘yin hamjamiyati va ijtimoiy vazifani bitta oddiy g‘oya atrofida birlashtirdi: foydalanuvchilarga o‘zlari uchun odatiy bo‘lgan raqamli muhitda bolalarga yordam berish imkoniyatini berish. Xaridlar yoki xayriyalarni talab qilmaydigan maxsus bepul PUBG MOBILE tadbirida o‘yinchilar qanchalik faol qatnashsa, shunchalik ko‘p yordam olish mumkin edi. Har bir maktab to‘plami Uzum va PUBG MOBILE tomonidan birgalikda moliyalashtirildi. Uzumning logistika infratuzilmasi tufayli to‘plamlar nafaqat yirik shaharlarga, balki butun mamlakat bo‘ylab kichik va chekka aholi punktlariga ham yetkazildi.

“Bolani maktabga tayyorlash ko‘plab oilalar uchun katta xarajatlarni talab qiladi. Ayniqsa, bu yuk ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar uchun sezilarli bo‘lishi mumkin. Biz uchun nafaqat yirik shaharlardagi, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab bolalar yordam olishi muhim edi va Uzum jamoasi buni amalga oshirishda muntazam ravishda bizga yordam bermoqda”, — dedi ONA jamg‘armasi vakili.

“O‘yinlar millionlab odamlarni birlashtiradi va biz bu jamoaviy quvvatni haqiqiy yordamga yo‘naltirmoqchi edik. Ishtirokchilar birgalikda o‘yin vazifalarini bajardilar va ularning umumiy faolligi bolalar uchun maktab anjomlariga aylandi. Biz Uzum va ONA jamg‘armasi bilan birgalikda O‘zbekistonda bunday formatdagi birinchi loyihani amalga oshira olganimizdan juda mamnunmiz”, — dedi PUBG MOBILE hududiy boshqaruvchisi Xongda Lu.

“Biz uchun bu loyiha texnologiyalar odamlarga xizmat qilishi, hatto murakkab vazifalarni ham osonroq hal qilishga yordam berishi va poytaxt hamda kichik aholi punktlari aholisi uchun yanada teng imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ko‘rsatish uchun yana bir imkoniyat. Biz muhim tashabbusning bir qismi bo‘lish va minglab bolalarga quvonch ulashish imkoniyati uchun PUBG MOBILE va ONAdan minnatdormiz”, — dedi Uzum kompaniyasining kommunikatsiyalar va ESG loyihalari bo‘yicha direktori Mariya Skorik.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.