Texnologiya

Uzum Market nosozlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda

O‘zbekistonning eng yirik marketpleysi Uzum Market ertalabdan beri ishlamayapti. Kompaniya Gazeta’ga tizimlarni rejali yangilash vaqtida texnik nosozlik yuz berganini, shu sababli ayrim xizmatlar vaqtincha ishlamayotganini ma’lum qildi. Ishni kun davomida tiklash rejalashtirilgan.

Uzum Market nosozlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda

Payshanba kuni ertalabdan O‘zbekistonning eng yirik marketpleysi — Uzum Market ishida nosozlik kuzatilmoqda: sayt yoki ilovani ochishga urinilganda xatolik chiqmoqda.

Kompaniya matbuot xizmati Gazeta’ga “tizimlarni rejali yangilash vaqtida texnik nosozlik yuz berganini va shu sababli xizmatlarning bir qismi vaqtincha ishlamayotganini” bildirdi.

“Hozirda jamoa xatolikni bartaraf etish ustida ishlamoqda, faoliyatni kun davomida tiklashni mo‘ljal qilganmiz”, — dedi kompaniya.

Uzum Market tarqatish punktlarida (PVZ) buyurtmalarni saqlash muddatlarini uzaytirdi va sotuvchilarning tovarlarini omborlarga jo‘natish taymslotlarini (vaqt oraliqlarini) boshqa vaqtga ko‘chirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.