Uzum Avto “avtomobil oldi-sotdisi” kategoriyasida yuklab olishlar bo‘yicha O‘zbekiston top 10 ilovasiga kirdi
Uzum milliy ekotizimning Uzum Avto ilovasi Sensor Tower tahliliy xizmati ma’lumotlariga ko‘ra 'avtomobil oldi-sotdisi' kategoriyasida eng ko‘p yuklab olinayotgan O‘zbekiston ilovalari qatoridan joy oldi.

Uzum Avto “avtomobil oldi-sotdisi” kategoriyasida yuklab olishlar bo‘yicha O‘zbekiston top 10 ilovasi qatoriga kirdi
Sensor Tower tahliliy xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida Uzum Avto mamlakatdagi avtomobil oldi-sotdisiga mo‘ljallangan ilovalar orasida yuklab olishlar soni bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan ilovalar safidan joy oldi. Sentabr oyining dastlabki haftalarida ham o‘z mavqeini saqlab qoldi. Umuman olganda, ilova 600 ming martadan ortiq yuklab olingan, foydalanuvchilar esa 60 ming dan ziyod e’lon joylashtirgan.
“Foydalanuvchilar Uzum Avto’ni qulayligi va ishonchliligi uchun tanlamoqda. Buni ilovaning yuklab olishlar soni hamda ilovalar do‘konlaridagi baholari ham tasdiqlaydi: Google Play’da — 4,8, App Store’da — 4,9. Biz uchun yuklab olishlar soni bo‘yicha yetakchilar qatorida bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Bu ishonchni mustahkamlash, avtomobil oldi-sotdisini haqiqatan ham osonlashtiradigan va odamlarning odatlarini o‘zgartiradigan servis yaratish biz uchun muhim”, — deydi Uzum Avto CEO’si Yegor Abramets.
Uzum Avto — Uzum ekotizimining avtomobil oldi-sotdisiga mo‘ljallangan servisi. 2026-yil iyun oyi oxirida ilova butun O‘zbekiston bo‘ylab foydalanish uchun ochildi. Hozirda platformada 50 dan ortiq brend avtomobillari taqdim etilgan. Servisning muhim afzalliklaridan biri — haqiqiy va tekshirilgan e’lonlar. Ular e’lon qilinishidan oldin sun’iy intellekt yordamida avtomatik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

