Texnologiya

Uztelecom Amazon Leo bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda sunʼiy yoʻldosh aloqasi imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Uztelecom Oʻzbekiston raqamli infratuzilmasi rivojlanishining yangi bosqichini eʼlon qiladi. Uztelecom va uning shuʼba korxonasi – “UZ-SAT” MCHJ QK – Amazon Leo bilan Oʻzbekistonda vakolatli distribyutor sifatida faoliyat yuritish boʻyicha shartnoma imzoladi.

Uztelecom Amazon Leo bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda sunʼiy yoʻldosh aloqa imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Amazon Leo — Amazon kompaniyasining past orbitali sunʼiy yoʻldosh tizimi boʻlib, u anʼanaviy tarmoqlar imkoniyatlari cheklangan hududlarda tez va ishonchli internet aloqasini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan.

Mazkur hamkorlik anʼanaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish qiyin boʻlgan joylarda ulanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Sunʼiy yoʻldosh yechimlari mavjud yerusti tarmoqlarini toʻldirib, chekka aholi punktlari aholisi hamda borish qiyin hududlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun zamonaviy tezyurar aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini oshiradi.

Aholi uchun yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatining kengayishi davlat raqamli xizmatlaridan foydalanish, masofaviy taʼlim olish, shifokorlardan onlayn maslahat olish, masofadan ishlash va muloqot qilish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi. Biznes uchun esa zamonaviy sunʼiy yoʻldosh yechimlari ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini ulashning yangi usullarini taklif etsa, davlat uchun mamlakatning yagona raqamli makonini yanada rivojlantirishga hissa qoʻshadi.

Uztelecom Oʻzbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini izchil rivojlantirib, optik-tolali tarmoqni kengaytirmoqda, mobil aloqani modernizatsiya qilmoqda, zamonaviy maʼlumotlar markazlari va bulutli platformalarni yaratmoqda. Hozirda kompaniya aholi punktlarining 96 foizini aloqa bilan taʼminlab, 378 802 km optik-tolali aloqa liniyalarini ekspluatatsiya qilmoqda.

Shu bilan birga, mamlakat geografiyasi ayrim olis va borish qiyin hududlarda muqobil ulanish texnologiyalariga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda. “Amazon Leo” sunʼiy yoʻldosh yechimlari aynan shunday vaziyatlarda — yerusti tarmoqlarini rivojlantirish cheklangan yoki iqtisodiy jihatdan kamroq samarali boʻlgan joylarda ulanish imkoniyatlarini kengaytirgan holda, “Oʻztelekom”ning mavjud infratuzilmasini toʻldirishga moʻljallangan.

Kelishuv doirasida UZ-SAT, Amazon Leo’ning vakolatli distribyutori sifatida, Amazon Leo tarmogʻi va imkoniyatlaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston boʻylab mijozlar uchun ulanish yechimlarini yaratadi va taqdim etadi.

«Amazon Leo bilan hamkorlik mamlakatimizning anʼanaviy yerusti infratuzilmasidan foydalanish cheklangan hududlarida ulanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Maqsadimiz – insonning qayerda yashashi yoki ishlashidan qatʼi nazar, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratishdir. Yangi avlod sunʼiy yoʻldosh aloqasi Uztelecom’ning mavjud infratuzilmasiga muhim qoʻshimcha boʻlib, Oʻzbekistonning yagona raqamli makonini yanada rivojlantirishda yana bir vosita boʻlib xizmat qiladi»

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.