Iqtisodiyot

UzPost: naqd pul tushumini pochta bo‘limi orqali hisob raqamiga qanday o‘tkazish mumkin?

UzPost milliy pochta tarmog‘i operatori ('O‘zbekiston pochtasi' AJ) pochta bo‘limlarida naqd pul tushumini kirim qilish xizmatini ishga tushiradi. Mablag‘lar mijozning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 'Davr Bank' XATB loyihaning birinchi hamkori bo‘ldi.

**UzPost: Naqd pul tushumini pochta bo‘limi orqali hisob raqamiga o‘tkazishning yangi imkoniyati**

Kichik va o‘rta biznes vakillari (do‘konlar, dorixonalar va boshqalar) uchun kunlik naqd pul tushumini bank hisobvarag‘iga kiritish ko‘pincha ish joyini tark etib, bankka borishni talab qiladi. Bu esa tadbirkorlar uchun yo‘lga ketadigan vaqt, navbat kutish, vaqt yo‘qotish va naqd pul xavfsizligini ta’minlash kabi qo‘shimcha yuklarni keltirib chiqaradi, ko‘pincha ish kunining yarmini egallaydi.

UzPost ushbu muammoni hal etish maqsadida yangi xizmatni ishga tushirdi: endi tadbirkorlar kunlik savdo tushumini o‘zlariga eng yaqin pochta bo‘limiga topshirishlari mumkin, mablag‘lar avtomatik tarzda ularning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Milliy pochta operatori UzPost tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu loyiha bank infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan hududlarda odatiy moliyaviy xizmatlarni to‘ldirishga qaratilgan. UzPost’ning chekka aholi punktlarini ham qamrab olgan keng tarmog‘i tadbirkorlar uchun tayyor moliyaviy va to‘lov platformasi vazifasini o‘taydi. Loyiha doirasida UzPost pochta bo‘limlari infratuzilmasini taqdim etish, naqd pullarni qabul qilish va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga mas’uldir. Xizmatning asosiy maqsadi – ayniqsa yaqin atrofda bank shahobchalari va bankomatlar kam bo‘lgan hududlardagi biznes vakillariga savdo tushumlarini o‘z ish joylariga yaqin hududda, xavfsiz va qulay tarzda topshirish imkoniyatini yaratishdir.

“Bugungi kunda “O‘zbekiston pochtasi” AJ (UzPost) nafaqat milliy pochta operatori sifatida, balki to‘lov tashkiloti sifatida aholidan turli xil kundalik ehtiyoj to‘lovlari qabuli, agentlik bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshirib kelmoqda. UzPost tomonidan kichik va o‘rta biznes tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Davr Bank” XATB bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun kunlik naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati yo‘lga qo‘yildi. UzPost bo‘limlari orqali inkassatsiya amaliyoti bir necha daqiqa vaqt oladi. Kelajakda biz ushbu tizimni boshqa banklar uchun ham yagona va ommabop moliyaviy model sifatida rivojlantirishni maqsad qilganmiz”, – deydi Rustam Dadamuhamedov, UzPost moliya bo‘yicha direktori.

Loyiha dastlabki bosqichida xizmatning bank qismini “Davr Bank” XATB ta’minlab, mijozlar hisobvaraqlarini yuritish, operatsiyalarni rasmiylashtirish, bank nazorati va mablag‘larni o‘tkazish jarayonlariga mas’ul bo‘ladi. Bunday vazifalar taqsimoti tizimning shaffofligini ta’minlaydi. UzPost naqd pul qabul qilish va mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullansa, bank tartibga solinadigan moliyaviy tizim doirasida operatsiyalarni amalga oshiradi. Natijada tadbirkor bankka bormasdan, o‘zining tadbirkorligini olib borayotgan va yaqin bo‘lgan milliy pochta bo‘limi orqali barcha moliyaviy amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

**Naqd savdo tushumini bank hisobvarag‘iga o‘tkazish tartibi:**

Masalan, tuman markazidagi kichik va o‘rta biznes vakillari (do‘kon, dorixona va boshqalar) kunlik tushumni qo‘shni shahardagi bankka olib borish o‘rniga, o‘z ish joyi yonidagi pochta bo‘limiga bir necha daqiqada topshirishi mumkin va bu mablag‘ bank tartib-taomillariga muvofiq hisobvaraqqa kelib tushadi.

Xizmatning texnologik asosini Finnova vendorining kompaniya mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yechimlari tashkil etadi, xizmat haqi va komissiya to‘lovlari bank mahsulotining rasmiy tariflari asosida belgilanadi.

Xizmat bank tizimi doirasida amalga oshirilgani sababli har bir operatsiya majburiy identifikatsiyadan o‘tadi; bunda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar STIR (INN) hamda hisobvaraq raqami orqali tekshiriladi. Barcha amaliyotlar elektron reyestrlar shakllantirilgan holda raqamli formatda qayd etiladi va bu holatlarni o‘zaro solishtirish hamda nazorat qilish imkonini beradi. Mablag‘lar harakati to‘liq shaffof bo‘lib, har bir bosqich raqamli ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi.

“Davr Bank “O‘zbekiston 1” AJ pochtasi bilan birgalikda integratsiya xizmatlarini tadbirkorlarga yanada yaqinlashtirmoqda. Endi naqd savdo tushumini istalgan pochta bo‘limlari orqali topshirish mumkin – qulay, xavfsiz va bank filialiga ortiqcha borishsiz. Operatsiya Davr Bank bank tizimida mablag‘ hisob raqamiga o‘tkaziladi”, – dedi Davr Bank vakili.

Xizmat butun mamlakat bo‘ylab UzPost tarmog‘ining barcha aloqa bo‘limlarida amalga oshiriladi va tadbirkorlarga o‘z hududidan qat’i nazar, eng yaqin filialda savdo tushumlarini topshirish imkonini beradi. Xizmat ko‘rsatish shartlari va murojaatlar uchun aloqa ma’lumotlari UzPost hamda Davr Bankning rasmiy resurslarida e’lon qilib boriladi.

UzPost mazkur loyihani keyinchalik boshqa bank-hamkorlar va yangi moliyaviy mahsulotlarni ulash imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona xizmat ko‘rsatish modeli hamda ommabop moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishning muhim bosqichi sifatida ko‘rmoqda. UzPost mazkur xizmat faoliyatini tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida yanada takomillashtirishni rejalashtirgan. Kichik va o‘rta biznes vakillari uchun bu an’anaviy bank kassalarini to‘ldiradigan, moliyaviy xizmatlarni bevosita hududlarga yaqinlashtiradigan qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi va pochta tarmog‘i orqali naqd pul tushumlari bilan ishlashga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.

UzPost (“O‘zbekiston pochtasi” AJ) mamlakatning barcha hududlarida aholiga keng ko‘lamli moliyaviy va bank xizmatlarini taqdim etadi. Bu markazlashtirilgan “AVVAL” to‘lov tizimi hamda tijorat banklarning tizimlari bilan o‘zaro integratsiyalashuvni yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. UzPost moliyaviy xizmatlari an’anaviy pochta, bank hamda davlat va tijorat tuzilmalarining agentlik ayrim xizmatlarini o‘zida mujassam etgan. Ularning asosiy xususiyati mamlakatning olis va borish qiyin bo‘lgan nuqtalarida asosiy moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir.

UzPost tomonidan quyidagi moliyaviy xizmatlar amalga oshiriladi:

* Barcha to‘lovlar filiallar kassalarida operatorlar tomonidan, shuningdek, joylardagi pochta xabarchilari tomonidan smart-mobil qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

* To‘lov naqd pul mablag‘larini qabul qilish, shuningdek, UZCARD va HUMO milliy bank kartalari orqali amalga oshiriladi.

Loyiha koordinatori bilan bog‘lanish: (+998) 90-912-00-23.

Reklama huquqlari asosida.