Mahalliy

Uzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasining raqamli imkoniyatlariga ishonishadimi

Dunyoning 20 ta mamlakatida, jumladan Oʻzbekistonda STADA Health Report 2026 tadqiqotlari oʻtkazildi. Oʻzbekistonlik respondentlarning 52 foizi sogʻliqni saqlash tizimining raqamli imkoniyatlarini yuqori baholaydi. 7 oktyabr kuni Toshkent va Olmaotada videokoʻprik formatida STADA Health Report 2026 xalqaro tadqiqoti natijalarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot yakunida forum boʻlib oʻtdi, unda asosiy masala sogʻliqni saqlashning raqamli imkoniyatlari muhokamasi boʻldi […]

Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashning raqamli imkoniyatlariga ishonishadimi

Dunyoning 20 ta mamlakatida, jumladan Oʻzbekistonda STADA Health Report 2026 tadqiqoti oʻtkazildi. Oʻzbekistonda respondentlarning 52 foizi sogʻliqni saqlash tizimining raqamli imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Forumning asosiy gʻoyasi — ushbu tadqiqot oʻtkazilgan mamlakatlarda axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt bugungi kunda qanday joriy etilayotganini tushunishdir.

Butun dunyoda hozirda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va sunʼiy intellektning joriy etilishi bormoqda va Oʻzbekiston bu borada istisno emas.

Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tartibga solinadigan oʻtpzinchi yilgacha moʻljallangan davlat strategiyasi amal qilmoqda. Uning maqsadlari — infratuzilmani yaratish, kadrlarni tayyorlash, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt boʻyicha klasterlarni shakllantirish va tegishlicha, ularni joriy etishdir.

Oʻzbekistonda «Ijtimoiy fikr» tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan kompleks tadqiqotlar natijalari shuni koʻrsatdiki, mamlakat uchun sezilarli natijalardan biri milliy sogʻliqni saqlash tizimining raqamli imkoniyatlari yuqori baholangani boʻldi.

«Agar Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimiga qiyoslaydigan boʻlsak, bu erta tashxis qoʻyish, davolash usulini tanlash, davolash natijalarini prognoz qilish nuqtai nazaridan juda yaxshi yordamdir. Va ehtimol, bu yerda yana eng muhim jihat — moliyalashtirish nuqtai nazaridan sogʻliqni saqlash tizimiga tushadigan yuklamani sezilarli darajada kamaytirishdir», — dedi Stada kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi rahbari Bahtiyor Hojimuhamedov.

Aholining 52 foizi tizim ularni raqamli tibbiy instrumentlar va servis-xizmatlar bilan yaxshi taʼminlaydi deb hisoblaydi, vaholanki tadqiqotning 20 ta mamlakati boʻyicha oʻrtacha bu koʻrsatkich 28 foizni tashkil etadi. Soʻrovda qatnashganlarning yarmiga yaqini, yaʼni 49 foizi oʻz retseptlarini boshqarishni yoki tibbiy maslahatlar berishni «raqamli dorixona»ga topshirishga tayyorligini taʼkidladi. Shu bilan birga, yangi texnologiyalar salomatlikka kundalik munosabatning bir qismiga aylanmoqda: ushbu maqsadlar uchun sunʼiy intellektdan oʻzbekistonliklarning 55 foizi allaqachon foydalanmoqda.

Shu bilan birga, tadqiqot natijalari oʻzgarishlarning yanada kengroq manzarasini koʻrsatadi. Oʻzbekiston aholisi sogʻliqni saqlash tizimini yuqori baholaydi, oʻz salomatligini boshqarish qobiliyatiga ishonadi va yangi texnologiyalarni faol oʻzlashtirmoqda. Shu bilan birga, qaror qabul qilishda eng muhim moʻljal sifatida tibbiyot mutaxassislari va yaqinlar qolmoqda, tizimdan asosiy kutishlar orasida esa — tibbiy yordamning ommabopligini oshirish va profilaktikani rivojlantirishdir.

2026 yilda Oʻzbekiston aholisining 82 foizi davlat sogʻliqni saqlash tizimidan qoniqadi, tadqiqotning 20 mamlakati boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich esa 56 foizni tashkil etadi. Bu STADA Health Report 2026 ishtirokchilari boʻlgan mamlakatlar orasidagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biridir. Bir yil ichida mamnun boʻlganlar ulushi 13 foizlik punktga oshdi. Ayniqsa, tizimdan toʻliq mamnun boʻlganlar ulushi sezilarli darajada ortdi — 2025 yildagi 7 foizdan 2026 yilda 22 foizgacha.

Aholi tizimning salomatlik sohasidagi turli ehtiyojlarni taʼminlash qobiliyatini ham yuqori baholaydi. Dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini respondentlarning 65 foizi, sogʻliqni saqlash sohasidagi inqirozlar paytidagi qoʻllab-quvvatlashni — 64 foizi, keksa yoshdagi odamlarni parvarishlashni — 62 foizi, profilaktik yordamni — 57 foizi ijobiy baholaydi. Raqamli imkoniyatlarga boʻlgan munosabat alohida ajralib turadi: aholining 52 foizi tizim ularni raqamli tibbiy instrumentlar va servis-xizmatlar bilan yaxshi taʼminlaydi deb hisoblaydi — tadqiqot boʻyicha oʻrtacha 28 foizga qarshi.

STADA Health Report 2026 ning markaziy mavzularidan biri — sunʼiy intellektning sogʻliqni saqlashga va patsiyentning tibbiyot mutaxassislari bilan munosabatlariga taʼsiridir. Oʻzbekistonda aholining 55 foizi salomatlik masalalarida SIdan allaqachon foydalanmoqda. Yangi texnologiyalarni ayniqsa yosh avlod faol oʻzlashtirmoqda: 35 yoshdan kichik respondentlar orasida bu koʻrsatkich 69 foizga yetadi.

Sunʼiy intellektdan foydalanishning sezilarli stsenariylaridan biri olingan professional tibbiy yordam bilan bogʻliq: aholining 21 foizi shifokor qabulidan soʻng ikkinchi fikr uchun SIga murojaat qiladi, tadqiqot boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich esa 16 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, texnologiyaning yanada mustaqil roliga munosabat ehtiyotkorona boʻlib qolmoqda. Mamlakat aholisining yarmi hozircha shifokorga murojaat qilish oʻrniga SI bilan maslahatlashuvni koʻrib chiqishga tayyor emas, 47 foizi esa sunʼiy intellekt tashxisiga tibbiyot mutaxassisi tashxisi kabi darajada ishonishga tayyor emas. Shu bilan birga, respondentlarning 15 foizi qoʻyilgan tashxisni yaxshiroq tushunish uchun SIdan foydalanishga murojaat qilishlarini taʼkidladi. Bundan tashqari, oʻzbekistonliklarning 38 foizi SI rivojlanishi bilan tibbiyot mutaxassislari ishonish mumkin boʻlgan insonlar sifatida yanada qadrliroq boʻladi deb hisoblaydi, bu tadqiqot ishtirokchilari orasidagi oʻrtacha 30 foizga qarshidir.

Boshqa narsalar qatorida, soʻrovda qatnashganlar onlayn-dorixonalardan xarid qilish masalalarida raqamlashtirishga tayyorlik darajasi yuqori ekanini taʼkidladilar — 49%. Shu bilan birga, tadqiqot respondentlarining 29 foizi kelajakda tibbiyot mutaxassislari maslahatlarining roli onlaynga koʻchishini hisoblaydi. Kelajakda dorixonalarda kutilayotgan innovatsiyalar orasida oʻzbekistonliklar medikamentlarni uyga yetkazib berishni (37%), mutaxassis bilan tunu kun maslahatlashish imkoniyatini (33%), salomatlikni individual tekshirish imkoniyatini (23%) aytib oʻtdilar.

Yangi texnologiyalarning rivojlanishi salomatlik haqidagi qarorlar hali ham koʻp jihatdan shaxsiy ishonchga asoslangan muhitda yuz bermoqda. Shifokorlar va boshqa tibbiyot mutaxassislarining fikriga Oʻzbekiston aholisining 55 foizi, turmush oʻrtogʻi yoki sherigining fikriga — 53 foizi, oila aʼzolarinikiga — 49 foizi tayanadi. Farmatsevtlar va dorixona xodimlari sezilarli rolni saqlab qolmoqda — ularning fikrini respondentlarning 43 foizi hisobga oladi. Oʻzbekiston uchun madaniy va diniy qarashlarning sezilarli roli ham xosdir: ularning taʼsirini aholining 39 foizi taʼkidlaydi, tadqiqot boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich esa 19 foizni tashkil etadi. Davlat organlari va institutlariga respondentlarning 31 foizi tayanadi, oʻrtacha koʻrsatkich esa 14 foiz.

«Bugungi kunda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi shiddat bilan oʻzgarmoqda va bu oʻzgarishlarni odamlarning oʻzlari payqayotgani ayniqsa muhimdir. Tadqiqot ishtirokchilarining yarmidan koʻpi tizimning raqamli imkoniyatlarini yuqori baholaydi, yangi texnologiyalardan, jumladan sunʼiy intellektdan foydalanish ortmoqda. Shu bilan birga, tadqiqot mamlakatimizda salomatlikka boʻlgan munosabatning oʻziga xosligini juda yaxshi koʻrsatadi: inson uchun shifokor, oila va yaqinlar hamon muhim. Shunga koʻra, texnologiyalarni rivojlantirish – bu sogʻliqni saqlashning odatdagi modelidan voz kechish emas, balki unda yangi imkoniyatlarning paydo boʻlishidir. Ular odamlarga oʻz salomatligi haqida yaxshiroq gʻamxoʻrlik qilishga va yanada anglangan qarorlar qabul qilishga yordam berishi muhimdir», — deydi Bahtiyor Hojimuhamedov.

Shifokorlar va yaqinlarning yuqori roli salomatlik uchun shaxsiy masʼuliyatni his qilish bilan uygʻunlashadi. Oʻzbekiston aholisining 85 foizi oʻz salomatligini toʻliq yoki asosan nazorat qilishga qodir deb hisoblaydi — tadqiqot boʻyicha oʻrtacha 78 foizga qarshi. oʻz salomatligi ustidan toʻliq nazoratni his qiladiganlar ulushi ayniqsa sezilarlidir: 20 ta mamlakat boʻyicha oʻrtacha 13 foizga qarshi 45 foiz.

Tadqiqot ishtirokchilarining yarmiga yaqini — 48% — salomatlik masalalarida xabardorlik uchun masʼuliyat birinchi navbatda insonning oʻz zimmasida deb hisoblaydi. Shu bilan birga, 41 foizdan ishtirokchilar bu rolni tibbiyot mutaxassislariga va davlatga ajratadi.

«Agar qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlar muntazam kelib tursa va ularni oʻz salomatligingizga sarflash mumkin boʻlsa, ularni qanday tasarruf etgan boʻlardingiz?» degan savolga 29% mablagʻlarni BADlar, vitaminlar sotib olishga ishlatgan boʻlardi. Shu bilan birga, kamroq darajada (9%) oʻzbekistonliklar mablagʻlarni salomatlikni qoʻllab-quvvatlash texnologiyalarini (ilovalar, fitnes-trekerlar va b.) xarid qilishga sarflashga tayyor.

Mamlakat aholisi tibbiy axborot oqimida ham oʻzini oʻrtachadan koʻra ishonchliroq his qiladi: 40% salomatlik haqidagi zarur maʼlumotlarni topish va tushunishga qodir deb hisoblaydi, tadqiqot boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich esa 22%.

Sogʻliqni saqlash tizimidan yuqori darajada mamnunlik keyingi oʻzgarishlarga talab yoʻqligini anglatmaydi. Agar Oʻzbekiston aholisi tizimni rivojlantirish ustuvorliklarini mustaqil belgilay olganida, 59% birinchi navbatda qishloq va yetarlicha taʼminlanmagan hududlarda tibbiy yordam olish imkoniyatini yaxshilagan boʻlardi. 36% birinchi boʻgʻin tibbiy yordami ommabopligini oshirgan, 35% navbatlarni qisqartirgan va tibbiyot mutaxassislari sonini koʻpaytirgan, 33% keksa yoshdagi odamlarni parvarishlashni yaxshilagan boʻlardi. Shu bilan birga, raqamli tibbiy instrumentlar va teletibbiyotga keyingi investitsiyalarni birinchi galdagi oʻzgarishlardan biri sifatida respondentlarning 13 foizi aytib oʻtdi. shu tariqa, tizimning raqamli imkoniyatlariga berilgan yuqori baho, eng avvalo, tibbiy yordamning yanada teng jismoniy ommabopligiga boʻlgan talab bilan uygʻunlashadi.

Yana bir sezilarli uzilsh aholining oʻz salomatligini boshqarish qobiliyatiga boʻlgan yuqori ishonchi va amaldagi profilaktik xulq-atvori oʻrtasida mavjud. Oʻzbekiston aholisining 48 foizi mavjud profilaktik tekshiruvlarning birortasidan ham oʻtmaydi, tadqiqot boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich esa 33 foizni tashkil etadi. Barcha mavjud tekshiruvlardan faqat 16 foiz aholi oʻtadi.

Soңgi yillarda vaziyat sezilarli darajada oʻzgardi: profilaktik tekshiruvlardan oʻtmaydigan aholi ulushi 2023 yildagi 25 foizdan 2025 yilda 39 foizga va 2026 yilda 48 foizgacha oshdi. Bir vaqtning oʻzida barcha mavjud tekshiruvlardan oʻtadiganlar ulushi 38 foizdan 16 foizgacha qisqardi. Shu bilan birga, aholining oʻzi profilaktikaning qadrini tan oladi. Agar ularda faqat salomatlikka sarflash mumkin boʻlgan qoʻshimcha byudjet paydo boʻlganida, 32% uni birinchi navbatda profilaktik tekshiruvlar va skrininglarga yoʻnaltirgan boʻlardi.

STADA Health Report 2026 natijalari Oʻzbekiston aholisining oʻz salomatligiga munosabati qanday oʻzgarayotganini koʻrsatadi. Tizim va unng raqamli imkoniyatlariga berilgan yuqori baho yangi texnologiyalarni faol oʻzlashtirish va odamlarning oʻz salomatligini mustaqil boshqarish qobiliyatiga boʻlgan yuqori ishonchi bilan uygʻunlashadi. Shu bilan birga, tibbiyot mutaxassislari va yaqinlar eng muhim moʻljal boʻlib qolmoqda, tizimdan asosiy kutishlar orasida esa — tibbiy yordamning ommabopligi va profilaktikani rivojlantirishdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.