Dunyo

Uzbekistan Airways samolyoti Rossiya hududiga kira olmay Toshkentga qaytdi

Uzbekistan Airways samolyoti Rossiya hududiga kira olmay, Toshkentga qaytdi

Toshkentdan Moskvaga yo‘l olgan HY603 reysi ortga qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, kompaniyaning ayrim yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Bunga Rossiya Federatsiyasining ba’zi aeroportlarida havo kemalarini qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani sabab qilib ko‘rsatildi.

Toshkent — Moskva (Domodedovo) yo‘nalishidagi HY603 reysi qaytib, Toshkent aeroportiga qo‘ngan, Moskvadan Toshkentga uchadigan reys esa kechiktirilgan. Bundan tashqari, Termiz — Moskva (Vnuukovo) yo‘nalishidagi HY9609 reysi Sankt Peterburgdagi zaxira aerodromiga yo‘naltirilgan, Vnukovo — Andijon (HY9622) va Andijon — Vnukovo (HY9621) reyslari ham kechikishi mumkinligi bildirildi.

Barcha qarorlar amaldagi vaziyatdan kelib chiqib va parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilinayotgani aytildi.

“Yo‘lovchilardan aviakompaniyaning rasmiy axborot resurslaridagi yangilanishlarni kuzatib borishlarini so‘raymiz. Qatnovlarning kelgusida bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aviakompaniyalarni Rossiya osmoni “xavfli bo‘lib borayotgani” haqida ogohlantirgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.