Uzbekistan Airways mahalliy qatnovlar narxini arzonlashtirdi
16-oktabrdan Uzbekistan Airways ichki yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar tariflarini pasaytiradi. Narxlarni qayta ko‘rib chiqish Raqobat qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Xabar qilinishicha, tariflar o‘rtacha 20 foizga arzonlashtirilgan.

Uzbekistan Airways mahalliy qatnovlar uchun narxlarni pasaytirdi
O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar chiptalari narxi qayta ko‘rib chiqildi va 16-oktabrdan boshlab ular o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtiriladi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.
Tahlillar jarayonida qo‘mita aviaqatnovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlarini baholadi. Takliflar yuqori instansiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangach, Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways bilan birga amaldagi tariflarni qayta ko‘rib chiqdi.
Yangilangan tariflarga muvofiq, Toshkentdan hududlarga bir tomonlama aviachiptalar narxi quyidagicha belgilandi:
Raqobat qo‘mitasi aholi manfaatlariga daxldor bozorlarni tahlil qilish va aniqlangan muammolar bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishni davom ettirishini bildirdi.

