Iqtisodiyot

«Uzbekinvest» SNS RATINGS agentligining eng yuqori «(UZ)AAA» reytingini saqlab qoldi

Joriy yilning 21 oktyabr kuni SNS Ratings reyting agentligi «Oʻzbekinvest» sugʻurta kompaniyasining toʻlov qobiliyati va ishonchliligi boʻyicha eng yuqori reytingini «barqaror» prognozi bilan «(uz) AAA» darajasida tasdiqlaganini eʼlon qildi.

«Oʻzbekinvest» SNS RATINGS’dan eng yuqori «(UZ)AAA» reytingini tasdiqladi

«Oʻzbekinvest» kompaniyasiga berilgan «(uz) AAA» darajasidagi reyting eng yuqori hisoblanadi va oʻz majburiyatlarini hamda sugʻurta polislari egalarining talablarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarish boʻyicha yuqori qobiliyatga ega boʻlgan tashkilotlarga beriladi.

Reyting agentligi reyting darajasiga taʼsir qiluvchi bir qator ijobiy omillarni ajratib koʻrsatadi:

- kuchli institutsional qoʻllab-quvvatlash;

- kapitallashuv va miqyosning yuqori darajasi;

- mukammal shaffoflik;

- anderrayting zararliligining kamayishi.

Agentlik kuchli likvidlik pozitsiyasining saqlanib qolishini va kompaniya kapitallashuvining yuqori darajada ushlab turilishini kutmoqda. shuningdek, asosan korporativ segmentda mukofotlar yigʻimining keyingi organik oʻsishi prognoz qilinmoqda. Bundan tashqari, kompaniya sof operatsion marjani yanada oshirish potentsialiga ega.

Oxirgi 5 yil ichida kompaniya faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha jadal oʻsishni koʻrsatdi:

- yalpi sugʻurta mukofotlari yigʻimi 385,0 mlrd sumdan 1,6 trln soʻmgacha oʻsdi va 4,2 baravarga koʻpaydi;

- xorijiy sugʻurta bozorlarida yigʻilgan mukofotlar (xizmatlar eksporti) 15,0 dan 65,0 mln doll.gacha oʻsdi va 4,3 baravarga koʻpaydi;

- hamkor mamlakatlar soni 65 tadan

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.