Iqtisodiyot

UzAuto Motors sotiladi. Ehtimoliy xaridor kim boʻlishi mumkin?

UzAuto Motors toʻliq xususiylashtiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tender eʼlon qilishni rejalashtiryapti. Kompaniya hozirda Chevrolet brendi ostida avtomobillar ishlab chiqaradi va texnologik jihatdan GM litsenziyalari hamda butlovchi qismlariga bogʻlangan. Shu jihatdan ehtimoliy xaridor Amerika kompaniyasi bilan birga ishlaydigan tashkilotlardan biri boʻlishi mumkinligi taxmin qilinyapti.

UzAuto Motors sotuvga chiqariladi. Ehtimoliy xaridor kim bo‘lishi mumkin?

Powertrain’dagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tender e’lon qilinadi. Bu haqda 17-sentabr kuni agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyev xalqaro Cbonds konferensiyasida ma’lum qildi.

«Tez orada ikkita davlat kompaniyasi - UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tender e’lon qilamiz», - degan Davaktiv direktori o‘rinbosari.

2026-yil uchun mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturida ham ushbu ikki kompaniyadagi davlat ulushlarini sotishni tezlashtirish belgilangan edi. Bunda Alvarez & Marsal konsalting firmasi ushbu jamiyatlarni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqadi va savdo jarayonlarini tashkil etadi. Yaqin to‘rt oy ichida kompaniyalarning investitsion, ishlab chiqarish va moliyaviy holati bo‘yicha materiallar tayyorlanishi kerak.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning aprel oyidagi prezident qarorida yil yakunigacha UzAuto Motors (99,7 foiz) va UzAuto Motors Powertrain (100 foiz)ni xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro konsultantlarni jalb etish ko‘zda tutilgandi. 2026-yilning birinchi choragida esa ommaviy savdolar e’lon qilinishi kerak bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning boshida UzAuto Motors’ning IPO’si o‘tkazilgandi. Savdolar yakuniga ko‘ra, kompaniya investorlardan 56,9 mlrd so‘m jalb etishga erishdi. Biroq milliy avtomobil ishlab chiqaruvchisining aksiyalariga talab kutilganidan ancha past bo‘ldi. Dastlab, UzAuto Motors aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirish ko‘zda tutilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.