Mahalliy

“Uyimizdan chiqayotganimizda kimdir yechinayotgan boʻladi” – Marhamatda “dom” atrofi bozorga aylantirilgan

Andijon viloyati Marhamat tumani markazida koʻp qavatli uy atrofidagi bolalar maydonchasi va avtoturargoh oʻrnida doʻkonlar, savdo rastalari va kafelar qurilib ketgan. Uyiga kirish yoʻlagi – kiyim doʻkoni mijozlarining kiyinish xonasiga aylantirilgan. “Uyimizga kirib-chiqishda yoʻlagimizda kiyim almashtirayotgan ayollarga duch kelamiz”, deydi murojaatchilardan biri.

“Uyimizdan chiqayotganimizda kimdir yechinayotgan boʻladi” – Marhamatda “dom” atrofi bozorga aylantirilgan

Andijon viloyati Marhamat tumani markazidagi koʻp qavatli uy atrofida ilgari bolalar maydonchasi va avtoturargoh boʻlgan joylarda hozir doʻkonlar, savdo rastalari va kafelar qad rostlagan. Uyga kirish yoʻlagi esa kiyim doʻkoni mijozlarining kiyinish xonasiga aylantirilgan. “Uyimizga kirib-chiqishda yoʻlagimizda kiyim almashtirayotgan ayollarga duch kelamiz”, deydi murojaatchilardan biri.

Kun.uz’ga Marhamat tumani Mustaqillik koʻchasida joylashgan 4 qavatli uyda yashovchilardan shikoyat kelib tushdi.

Ularning aytishicha, uy atrofida avvallari bolalar maydonchasi va avtoturargoh boʻlgan, keyinchalik Shuhrat Gʻaniyev ismli tadbirkor bolalar maydonchasi va avtoturargoh oʻrnida tijoriy obyektlar qurib, ularni odamlarga ijaraga bergan.

“Koʻp qavatli uyda yashovchilarga yetarli sharoit yoʻq. Uyingiz yoniga na bir mashinangizni qoʻya olasiz, na bolalaringiz koʻchaga chiqib oʻynay oladi. Avtoulovlarni 100-150 metr uzoqqa qoʻyib kelamiz. Hatto uyga kiradigan yoʻlaklarimizgacha kiyim doʻkoni boʻlib ketgan. Yoʻlakda ayollar kiyinib-yechinadi. Chiqib ketayotganingizda bittasi yalangʻoch turgan boʻladi, qaytib tushsangiz ham bittasi kiyinayotgan boʻladi. Noqulay vaziyatlar koʻp boʻladi.

Tadbirkorga: “Hech boʻlmasa “podyezd”ni tinch qoʻy, uyga bemalol kirib-chiqaylik, turmush oʻrtogʻimiz, oʻgʻillarimiz kirib-chiqyapti” desangiz, “Men bu yerni ijaraga berganman, ijara pulini olib “podyezd”ni remont qilaman” deya bahona qiladi. Ana shunday holatlardan bezgan qoʻshnilarning koʻpi uyini sotuvga qoʻydi, lekin uy atrofidagi holatlar sabab xaridor chiqmayapti.

Avtoturargohimizni, bolalar maydonchasini joyiga qaytarib berishsin. Kirish yoʻllarini ochib qoʻyishsin, mashinamizda bemalol uyimiz yonigacha kiraylik”, deydi Doniyor Odilov ismli murojaatchi.

“150 odamni ish bilan taʼminlaganman”

“2007-yildan beri tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelyapman. Tuman markazida 33 sotix yerimiz bor. Shundan 3-6 sotixiga “dom” qurganmiz. “Dom”ning oldida maydonchamiz bor, taxminan 700-800 kvadrat. Bu yerda kamida 150 nafar odam ish bilan taʼminlangan. Kafemiz bor, oshxona, telefon doʻkonlar – hammasi qonuniy qilingan, tegishli tashkilotlar roʻyxatidan oʻtgan, ruxsatlarni olib qilganmiz.

Koʻp qavatli uyning ikkita “podyezdi” bor, uning yonidagi ikki oshxonani “dom”dagilarning oʻzi ijaraga qoʻygan. Nima uchun? Kanalizatsiya tizimining buzilishi, uni taʼmirlatish, suv, gaz – xullas “dom”dagi boʻladigan xarajatlar harna chiqib tursin deb ijara qoʻyilgan”, deydi u.

“Noqonuniy boʻlsa, bir kunda buzdiraman”

Marhamat tumani hokimining qurilish ishlari boʻyicha oʻrinbosari Dilxush Ismoilov koʻp qavatli uy atrofida qurilgan bino va inshootlar noqonuniy ravishda bunyod etilgan boʻlsa, buzdirib yuborishini aytdi.

“Bu uy men ishga kelishimdan oldin qurilgan, mening faoliyat davrimda qurilmagan. Arxitektor, kadastrlar bilan hujjatlarini bir koʻtarib koʻramiz. Noqonuniy egallangan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda chora koʻramiz. Agar bolalar maydonchasi yoki avtoturargoh oʻrniga noqonuniy qurilish qilingan boʻlsa, bir kunda buzdiraman”, – dedi Ismoilov.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.