Dunyo

“Urush davrida tinchlik — birinchi masala”. Zelenskiy nima uchun hozir saylov oʻtkazib boʻlmasligini tushuntirdi

“Urush davrida tinchlik — birinchi masala”. Zelenskiy nega hozir saylov o‘tkazib bo‘lmasligini izohladi

“Men buni (prezidentlik saylovini) ertagayoq o‘tkazishga tayyorman, ammo urush davom etar ekan, konstitutsiya, saylov qonunchiligi yoki eng avvalo xavfsizlik holatini hisobga olgan holda bunday qilish mumkin emas”, dedi prezident.

Shu bilan birga, Zelenskiy hozirgi vaziyatda saylov o‘tkazilsa, yuzaga keladigan bir qator muammolarni ham eslatdi. Xususan, u bolalar maktabga bora olmayotgan va 9 millionga yaqin ukrainalik chet elda yurgan sharoitda saylovlarni qanday tashkil etish mumkinligini so‘radi. Prezidentning aytishicha, odatiy saylovlarda yarim millionga yaqin odam Ukrainadan tashqarida ovoz berardi.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya istilosi ostida qolgan ukrainaliklarning saylovlarda qatnashishi masalasini ham ko‘tardi.

“Vaqtincha bosib olingan hududlarda yashayotganlar haqida nima deyish mumkin? Ular ovoz bera oladimi, ha bo‘lsa qanday qilib, u yerdagi saylov jarayonini kim kuzatadi? Axir, bu hududlarda rus askarlari bor”, deb ta’kidladi Ukraina rahbari.

Zelenskiyning fikricha, Ukrainada saylovlarni qo‘llab-quvvatlayotganlar faqat siyosatni o‘ylashmoqda.

“Menimcha, bu xato. Urush paytida tinchlik birinchi raqamli maqsad hisoblanadi. Siyosat hatto ikkinchi o‘rinda ham turmaydi”, dedi u.

“Bu urushda g‘alaba bo‘lishi mumkin emas”

Intervyuda Zelenskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda endi har ikki tomon uchun ham g‘alaba imkonsiz ekanini aytdi.

“Bu urushda g‘alaba qozonish mumkin emas. Shuncha qurbonlar tufayli g‘alaba birinchi kundanoq ikkala tomon uchun o‘z mohiyatini yo‘qotdi”, dedi Zelenskiy.

Uning aytishicha, hozirda ikki tomon uchun foydali bo‘lgan formulani izlash emas, balki odamlar hayotini saqlab qolish uchungina urushni to‘xtatish chinakam g‘alaba bo‘lar edi.

Uning fikricha, AQSH Rossiyaning urushni davom ettirish imkoniyatlarini cheklash uchun qat’iyroq harakat qilishi kerak.

“Dunyodagi eng katta hududga ega Rossiya shu bir necha kilometr hududga muhtojmi? Ayrim hamkorlar unga Ukrainaning faqat bir qismi, mana shu kilometrlar kerak, xolos, deyishi juda g‘alati”, dedi prezident.

U Rossiya yetakchisiga muayyan hududlar yetarli degan g‘oyani aqlsizlik deb atadi va Putin butun Ukrainani qo‘lga kiritishni xohlayotganini aytdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.