Mahalliy

Urganchda fuqaro BYD bilan uchta avtomobilni qasddan urdi

Urganchda bir shaxs o‘zaro kelishmovchilik tufayli BYD rusumli avtomobili bilan uchta mashinani ataylab urib yubordi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi. Rasmiy xabarga ko‘ra, 4-avgust kuni Urganch shahrining Istiqlol mahallasida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.B. va Urganch tumanining Shermatlar mahallasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan X.B. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Natijada X.B. o‘ziga tegishli BYD Chazor avtomobilini keskin boshqarib, Sh.B.ga tegishli Cobalt, shuningdek, voqea joyida turgan boshqa fuqarolarga tegishli BYD Chazor va Damas avtomobillariga qasddan shikast yetkazgan. Oqibatda transport vositalari texnik shikastlangan, biroq fuqarolarga tan jarohati yetmagan.

Ushbu huquqbuzarlik haqida “Tashvish tugmasi” orqali xabar kelib tushgach, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan Ichki ishlar organlari xodimlari huquqbuzarning harakatlarini to‘xtatib, barcha ishtirokchilarni ichki ishlar organiga olib kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Toshkentda ham bir fuqaro janjal sabab Tracker avtomobilini to‘rt kishi ustiga qasddan haydagandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.