Layfstayl

«Uning ovozi va prinsiplari tirik» - jurnalist Alisher Roʻzioxunov xotirasiga bagʻishlangan film namoyish etildi

14-sentabr kuni Kontent markazida jurnalist Alisher Roʻzioxunov xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi. Filmda uning hayoti, jurnalistikadagi faoliyati va kasbga sadoqati hamkasblari xotiralarida tasvirlanadi. Jurnalist Yulduz Olimovaning aytishicha, loyihadan maqsad Alisher Roʻzioxunovning hayoti va faoliyati orqali jurnalist uchun muhim qadriyatlarni koʻrsatish.

«Uning ovozi va prinsiplari tirik» — jurnalist Alisher Roʻzioxunov xotirasiga bagʻishlangan film namoyish qilindi

Alisher Roʻzioxunov 2025-yil 26-fevral kuni 32 yoshida xastalik sabab vafot etgan. U Kun.uz saytida bir necha yil davomida ishlagan va davlat hamda jamiyat hayotidagi dolzarb mavzularga oid yuzlab materiallar tayyorlagan. Jurnalist iqtisodiy mavzularni yoritish, muammoli masalalarni oʻrganish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan ishlari bilan tanilgan.

Shuningdek, u davlat tashkilotlari xodimlari va iqtisodiy blok vakillarini bir stol atrofida jamlagan «Munozara klubi» kabi loyihalarni yoʻlga qoʻygan. 2021-yilda esa «Ijtimoiy-huquqiy media markazi» NNT muharriri sifatida «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlangan.

14-sentabr kuni Kontent yaratish markazida jurnalist Alisher Roʻzioxunov xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi. Film uning qisqa, ammo mazmunli umri, jurnalistik faoliyati, kasbga munosabati va hamkasblari xotiralari asosida tayyorlangan.

Film mualliflaridan biri, jurnalist Yulduz Olimovaning aytishicha, loyihaning maqsadi faqat Alisher Roʻzioxunovni yodga olish emas, balki uning hayoti va faoliyati orqali jurnalist uchun muhim qadriyatlarni koʻrsatish boʻlgan.

«Alisher uchun jurnalistika shunchaki kasb emas edi. Unda bilim ham, jasorat ham, izlanish ham, odamlarga yordam berishga oshiqish ham bor edi. Eng muhimi, u kasbi oldidagi masʼuliyatni his qilib yashadi», - deydi Yulduz Olimova.

Uning taʼkidlashicha, film Alisher Roʻzioxunov haqidagi ishlarning boshlanishi sifatida koʻrilmoqda. Kelgusida milliy jurnalistikada oʻz maktabi va izini qoldirgan, bugun oramizda boʻlmagan boshqa jurnalistlarning hayoti va ijodini ham hujjatli filmlar orqali kelajak avlodga yetkazish maqsad qilingan.

«Jurnalistika faqat bugunni tarixga muhrlamasligi kerak. Jurnalistika oʻz tarixini yaratgan insonlarni ham unutmasligi kerak», - deydi u.

Film taqdimotida Alisher Roʻzioxunovning yaqin doʻsti va hamkasbi Ilyos Safarov ham soʻzga chiqdi.

Uning aytishicha, film ustida bir necha hafta davomida ishlangan. Loyihani amalga oshirishda Kontent yaratish markazi rahbari Qobuljon Ahmedov va jurnalist Yulduz Olimova katta hissa qoʻshgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.