Umumiy ovqatlanish korxonalari aylanmasi 208,7 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalarining tovar aylanmasi bir yilda qariyb 30 foizga o‘sdi

Umumiy ovqatlanish korxonalari aylanmasi 208,7 trln so‘mga chiqdi
2026-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 30 390 ta tijorat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan.
Shundan 148 tasi yirik korxona, 30 242 tasi esa kichik korxona va mikrofirmalardan iborat.
2026-yil yanvar–avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining tovar aylanmasi 208,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan real hisobda 26,7 foizga o‘sgan.

