Umarali Rahmonaliyev UEFA Chempionlar Ligasida o‘ynashi mumkin

Umarali Rahmonaliyev UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev faoliyat olib borayotgan Ozarbayjonning “Sabah” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi saralashining hal qiluvchi — pley-off bosqichiga chiqdi.
Musobaqaning uchinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida ozarbayjonliklar Daniyaning “Orhus” jamoasini o‘z maydonida qabul qildi. Dastlabki bahsda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Sabah” javob o‘yinida raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urib, ajoyib kambekni amalga oshirdi — 4:0. Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra umumiy hisob 5:2 bo‘ldi va Ozarbayjon klubi keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Qayd etish joizki, ushbu muhim o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Umarali Rahmonaliyev asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
Endi “Sabah” Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi pley-off raundida ishtirok etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Umarali Rahmonaliyev jamoasining ushbu bosqichdagi raqibi Isroilning “Hapoel Beer-Sheva” klubi bo‘ladi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv joriy yilning 19-avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

