Ular boshqa davrda ham yashaganmi? Yulduzlarning tarixdagi qiyofadoshlari (foto)
Maykl Jekson, Kianu Rivz, Nikolas Keyj va Mark Sukerbergning tarixiy qiyofadoshlariga qarab, beixtiyor bir savol tug‘iladi: bu shunchaki tasodifmi?

Ular boshqa davrda ham yashaganmi? Yulduzlarning tarixdagi qiyofadoshlari (foto)
Sayyoramizda har birimizning qiyofadoshimiz borligiga ishonasizmi? Agar sizning “egizagingiz” ikki-uch yuz, hatto minglab yillar avval yashagan, buyuk rassomning kartinasida muhrlangan yoki qirollik mantiyasini kiyib yurgan bo‘lsa-chi? Bugun tarixiy shaxslarga o‘xshashligi har qanday tasodiflar nazariyasiga sig‘maydigan yulduzlar va mashhurlar bizni hayratga soladi.
Pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning pop-madaniyatga ko‘rsatgan ulkan ta’siri borasida bahslashishga hojat yo‘q. Ammo Chikago muzeyida xuddi unga qarab yasalgandek ko‘rinadigan byustga duch kelish aql bovar qilmas holat — uning qiyofasi pop-qirolni hayratlanarli darajada eslatadi. Qolaversa, Maykl butun umri davomida Qadimgi Misr tarixi va san’atiga qiziqqan.
“Qattiqqo‘l xonim” va “Malika kundaligi” filmlari orqali yaxshi tanish Enn Heteuey Shekspirning rafiqasi bilan bir xil ism va familiyaga ega. Biroq tasodiflar shu bilan tugamaydi. Uning turmush o‘rtog‘i, prodyuser va zargarlik buyumlari dizayneri Adam Shulman tashqi ko‘rinishi bilan Uilyam Shekspirning mashhur portretlariga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi — ko‘zlarining bichimi va shakli, burni, soqoli hamda yuz ifodasi xuddi o‘zginasi. Ushbu o‘xshashlik internetda eng go‘zal romantik konspirologik nazariyalardan birining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, shoir o‘z sevgilisiga qayta uylanish va uning nomini butun dunyoga mashhur qilish uchun qayta dunyoga kelgan.
Bu qiyofa sizga tanish bo‘lmasligi mumkin, biroq uning familiyasi o‘zi haqida so‘zlab turibdi. Enso Ferrari “Ferrari”ni dunyodagi eng mashhur avtomobil brendlaridan biriga aylantirdi. Afsuski, u 1988-yil 14-avgustda vafot etdi. Oradan atigi ikki oy o‘tib, 1988-yil 15-oktyabrda Mesut O‘zil dunyoga keldi. U ulg‘ayib, “Real Madrid” hamda “Arsenal” klublarida to‘p surdi, so‘ngra 2014-yilda Germaniya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ikki inson. Bitta yil. Bir hayot yakun topib, boshqasi boshlandi. Biroq sanalar bu voqeaning internet foydalanuvchilari e’tiborini tortishiga yagona sabab emas. Gap ularning hayratlanarli darajada bir-biriga o‘xshashligidadir. Odamlar buni payqashi bilanoq internetda reinkarnatsiya haqidagi taxminlar paydo bo‘ldi.
Kianu Rivz abadiy yoshlik sirini topgandek ko‘rinadi. Internetda necha yillardan beri uning “boqiyligi” haqidagi mish-mishlar tinmaydi — Pol Mune vafot etmagan, shunchaki taxallusini o‘zgartirib, sahnani zabt etishda davom etgan, xolos. XIX asr fransuz aktyorining portretiga bir qarang: xuddi o‘sha yuz tuzilishi, ma’noli ko‘zlar, hammaga tanish soqol va yurakni hapriqtiradigan o‘sha chuqur hamda o‘ychan nigoh.
Suratda mag‘rur va hatto biroz g‘azabnok nigohli kishi tasvirlangan. Biroq bundan-da hayratlanarlisi — har ikkisining aktyorlik va tarixiy taqdiri mazmunan bir-biriga mos tushgan. Dinkleyjning qahramoni Tirion ham xuddi Sebastyan kabi qirollik saroyi uni ermak sifatida qaramay, shaxs sifatida qabul qilishi va aql-zakovatini hurmat qilishi uchun bir umr kurashgan.
Diego Velaskes mo‘yqalamiga mansub Ispaniya qiroli Filipp IV portretiga qarab, ko‘z o‘ngimizda XVII asr monarxi emas, balki tarixiy libos kiyib olgan Mark Sukerberg turgandek tuyuladi. Xuddi o‘shanday cho‘zinchoq yuz, o‘ziga xos keng peshona, burun bichimi, iyak tuzilishi va hatto xotirjam, biroz loqayd nigoh.
Internet foydalanuvchilari bu o‘xshashlikni allaqachon vaqtlararo sayohat isboti deb atab, Ispaniya oltin davrining qudratli hukmdori shohona libosini oddiy kulrang futbolkaga almashtirib, raqamli davrni zabt etishga otlangan, deya hazillashishadi.
2011-yilda antiqa buyumlar sotuvchisi Jek Mord 1870-yilgi qadimiy fotosuratni bir million dollarga kimoshdi savdosiga qo‘yganida, internet olami ostin-ustun bo‘lib ketdi: suratdan Nikolas Keyj qarab turardi.
O‘xshashlik shu qadar aniq va shov-shuv shu qadar kuchli bo‘ldiki, aktyorning o‘zi Devid Lettermanning kechki shousiga kelib, tomoshabinlar oldida o‘zini oqlashga — barchani ko‘zguda o‘z aksini ko‘ra olishiga va fotosuratlarda ham ko‘rinishiga ishontirishga majbur bo‘ldi.

