Siyosat

Ukrainada “Qizaloq va Maymoq” multfilmi taqiqlandi

Ukrainada “Qizaloq va Maymoq” multfilmi taqiqlandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning “Qizaloq va Maymoq” multfilmini yaratganlarga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqda tegishli farmon 20-avgust kuni Ukraina davlat rahbarining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Cheklovlar multfilmni yaratgan “Animakkord” studiyasiga va besh nafar rossiyalik shaxsga, jumladan, studiya asoschisi, bosh direktori, ssenariy muallifi, hammuallifi hamda multfilm huquqlari egasiga nisbatan qo‘llanildi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining bayonotiga ko‘ra, “Qizaloq va Maymoq” bolalar kontenti niqobi ostida Rossiyaparast g‘oyalarni tarqatadi va shu sababli Ukraina milliy xavfsizligiga xavf tug‘diradi.

**“Qizaloq va Maymoq” multfilmiga boshqa mamlakatlarda ham e’tirozlar bo‘lgan**

Iyul oyida bir guruh Britaniya siyosatchilari madaniyat vaziriga ochiq xat yo‘llab, multfilmni striming xizmatlaridan olib tashlashni talab qilgan va uni targ‘ibot deb atagan.

Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna esa iyun oyida “Qizaloq va Maymoq” multfilmi “Kreml yumshoq kuchining bir qismi” ekanligini ta’kidlagan. U “ko‘ngilochar bolalar kontentiga kremlparast va militaristik g‘oyalar singdirilishi hamda bir vaqtning o‘zida Rossiya agressiyasi va imperialistik ambitsiyalari me’yoriy holatdek ko‘rsatilishi”ni aytgan. Bundan tashqari, “Qizaloq va Maymoq” multfilmi Eron, AQSH va Kanadada ham taqiqqa uchragan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.