“Uglerod soliği byudjetni töldiriş uçun bölmasligi kerak” - mutaxassislar
Uglerod soliği korxonalarni texnologiyalarini yangilaş va atrof-muhitga zararini kamaytirişga undaşi kerak. Uni mavjud soliqlarga qöşimça tarzda joriy qiliş esa mahsulotlar narxi orqali aholi zimmasiga tuşişi mumkin. Kun.uz suhbatdoşlari bu masalada avvalo çiqindilarni baholaş tizimi va isteʼmolçilarga taʼsirni örganiş zarurligini taʼkidladi.

“Uglerod soliği byudjetni töldiriş uçun bölmasligi kerak” - mutaxassislar
Özbekistonda rasmiylar ilgari surayotgan uglerod soliği oxir-oqibat yakuniy isteʼmolçi uchun narxlarning oshishiga sabab bölishi mumkin.
“Uglerod soliği qöshimça soliq sifatida joriy qilinsa, u bevosita narxga taʼsir qiladi. Çunki u aksiz soliğiga öxşab, narx ustiga qöşiladi. Bunda soliq miqdori: “Sen korxonadagi dastgohlaring bilan tabiatga qança ulgerod çiqarasan?” degan savol asosida hisoblab çiqariladi. Tabiiyki, bu yakuniy isteʼmolçi bölgan aholining böyniga tuşadi.
Lekin agar u faqat yoqilği-energetika mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga nisbatan joriy etilsa, narxning bir qismiga qöşiladi va yakuniy isteʼmolçiga taʼsiri çeklangan böladi.
Şuning uçun ehtiyotkorona yondaşgan bölardim. Faqat yoqilği-energetika mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga nisbatan tatbiq etiş maqsadga muvofiq bölişi mumkin. Çunki yoqilği mahsulotlaridan xomaşyo sifatida foydalanuvçi korxonalarga ham joriy etilsa, u bevosita har bir mahsulot narxiga taʼsir qiladi”, - deydi soliq maslahatçisi.
“Asosiy maqsad - byudjetga tuşum bölmasligi kerak”
Iqtisodçi Otabek Bakirovning fikriça, uglerod soliğidan asosiy maqsad byudjetga qöshimça tuşum emas, balki atrof-muhitni ifloslantirayotgan korxonalarni ekologik talablarga moslaşişga undaş bölişi lozim.
“Uglerod soliğini joriy qilişdan maqsad kimyo sanoati, issiqlik stansiyalari, neft va gaz mahsulotlarini qayta işlovçilarni texnologik özgarişlarga, ekologik standartlarga yaqinlaşişga undaş bölişi kerak, deb öylayman. Qöshimça byudjetga daromad tuşiriş emas”, - dedi u.
Iqtisodçining taʼkidlaşiça, soliqni joriy qilişdan oldin korxonalarning atrof-muhitga taʼsirini qanday ölçaş va baholaş masalasiga javob berilişi kerak.
“Uglerod soliğini joriy qiliş uçun adolatli maʼmurçilik yoki baholaş tizimimiz mavjudmi? Misol uçun, Angrendagi kömir yoqadigan issiqlik elektr stansiyalarini uglerod soliğiga tortişimizning ölçovi qanday? Muborakda, Şörtanda, Ğuzorda joylaşgan neft va gazni qayta işlaş kompaniyalarining tabiatni ifloslantirayotgani böyiça ölçovlar qanday?
Mana şu ölçovlarimiz bormi? Baholaş vositalarimiz mavjudmi? Yetarli va adolatli böladimi? Bu masala ham köndalang qöyilişi kerak”, - dedi Bakirov.
U uglerod soliğining öziga qarşi emasligini, biroq uni joriy etiş asoslari va oqibatlari oldindan örganilişi lozimligini qayd etdi.

