Sport

UFC Oq uy oldida o‘tkazilgan turnirda qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

UFC Oq uy oldidagi musobaqadan ko‘rilgan zararni oshkor qildi

UFC aksiyalariga egalik qiluvchi “TKO Group Holdings” kompaniyasi rahbariyati investorlarga “UFC Freedom 250” turniridan qariyb 30 million dollar miqdorida zarar ko‘rganini tasdiqladi. Ushbu musobaqa 14-iyun kuni Oq uy oldida AQSH prezidenti Donald Tramp ishtirokida bo‘lib o‘tgan edi.

SB Nation nashri kompaniyaning moliya direktori Endryu Shlaymerning so‘zlaridan iqtibos keltirdi:

“Turnir o‘ziga xos formatda o‘tkazilgani sababli bizga salkam 30 million dollar zarar keltirdi. Natijada, nafaqat UFC yo‘nalishidagi, balki butun kompaniya miqyosidagi foydamiz sezilarli darajada kamayib ketdi”.

Shlaymerning ta’kidlashicha, kompaniya bu safar odatdagidan ancha ko‘p xarajat qilgan. Garchi bu xarajatlarning bir qismi hamkorlik kelishuvlari evaziga qoplangan bo‘lsa-da, mazkur musobaqa uchun chiptalar umuman sotuvga chiqarilmagani moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘ziga xos UFC turniri 14-iyun kuni — AQSH tashkil topganining 250 yilligiga bag‘ishlab Oq uy maysazorida tashkil etilgan edi. Qolaversa, tadbir aynan shu kuni o‘zining 80 yoshli yubileyini nishonlagan mamlakat prezidenti Donald Trampning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.