Sport

UEFA Infantino sababli Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boykot qilishi mumkin

UEFA Infantino tufayli Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boykot qilishi mumkin

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bog‘liq mojaro sababli Yevropa jamoalarining Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

O‘tgan hafta FIFA turnirlarni tashkil etish va translyatsiya huquqlarini sotish uchun "FIFA Forward Enterprise" (FFE) nomli tijorat tuzilmasini yaratish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik, futbol konfederatsiyalarining keskin tanqidi va UEFAga a’zo mamlakatlar tomonidan Jahon chempionatini boykot qilish tahdidi tufayli Infantino bu tashabbusdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, yuzaga kelgan ushbu murakkab vaziyatni UEFA prezidenti Aleksander Cheferin va Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari Nosir al-Xelayfi muhokama qilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar 12-avgust kuni "PSJ" va "Aston Villa" o‘rtasidagi UEFA Superkubogi uchrashuvi vaqtida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ta’kidlash joizki, Nosir al-Xelayfi ayni paytda Parij klubining ham prezidenti hisoblanadi.

Aleksander Cheferin, agar Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimida qolsa, ECA va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar 2029-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishini qat'iy qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq, bu qat'iy qarorning amalga oshirilishi uchun assotsiatsiyaga a’zo bo‘lgan 850 dan ortiq klubning umumiy roziligi talab etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.