Mahalliy

Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi

Toshkentning Uchtepa tumanida o‘zlarini ko‘p qavatli uy boshqaruv organi rahbari sifatida ko‘rsatib, xonadon egalarining 574,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Uchtepada 574 million so‘mlik firibgarlik holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida fuqarolar A.B. va M.B. "Vatanparvar" MFY hududidagi 29-sonli uyning boshqaruv organi rahbari sifatida o‘zlarini tanishtirib kelganliklari ma’lum bo‘ldi.

Ular ushbu uyda yashovchi fuqarolarning ishonchiga kirib, jami 574,6 million so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.