Dunyo

Töqqiz oyda 473 nafar özbekistonlik Gurjistonga kiritilmadi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Gurjiston aeroportlarida 473 nafar Özbekiston fuqarosining mamlakatga kirişi rad etilgan. Asosiy sabablar orasida safar maqsadini aniq tuşuntirib bera olmaslik, suğurta va boşqa tasdiqlovçi hujjatlarning yöqligi qayd etilgan.

Töqqiz oy ichida 473 nafar özbekistonlik Gurjistonga kiritilmadi

«Dunyo» axborot agentligi Uzbekistan Airways maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, shu davrda Gurjiston aeroportlarida jami 711 nafar yölovçiga mamlakatga kirişga ruxsat berilmagan. Ularning 473 nafari Özbekiston fuqarolari bölgan.

Kirişni rad etiş sabablari mehmonxona broni va qaytiş aviaçiptasi kabi hujjatlarning mavjud emasligi, tibbiy suğurta polisining yöqligi hamda safar davomida yaşaş uçun yetarli mablağ borligini tasdiqlay olmaslik bilan ham boğliq.

Gurjistonda 2026-yil 1-yanvardan xorijiy turistlar uçun tibbiy suğurta va baxtsiz hodisalardan suğurtalaniş talabi amal qilmoqda. Polis qog‘oz yoki elektron şaklda, gruzin yoxud ingliz tilida rasmiylaştirilgan bölişi kerak.

Suğurtani Gurjistondagi yoki xorijiy suğurta kompaniyasidan oliş mumkin. Polis böyiça suğurta qoplamasi kamida 30 ming Gurjiston larisi bölişi talab etiladi.

Polis turistning mamlakatda böliş muddatini töliq, jumladan, Gurjistonga kiriş va undan çiqiş kunlarini ham qamrab olişi şart.

Hujjatda şartnoma taraflari, suğurta amal qiladigan hudud, suğurta obyekti, boşlaniş va tugaş sanalari, qamrab olinadigan xatarlar hamda qoplama limiti körsatilişi zarur. Şuningdek, polis uçun tölov miqdori, uni tölash joyi va şartlari ham qayd etilişi kerak.

Majburiy suğurta talabidan quyidagilar ozod etilgan: diplomatik va maxsus viza egalari; diplomatik, xizmat, rasmiy va maxsus pasport egalari; diplomatik va konsullik muassasalari, xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari hamda ularga tenglaştirilgan tuzilmalarning akkreditatsiyalangan xodimlari va akkreditatsiyaga ega oila aʼzolari;

Gurjistonga xalqaro şartnoma va bitimlarga muvofiq kirib keluvçi şaxslar; xalqaro avtomobil yuk va yölovçi taşuvlarini amalga oşiruvçi haydovçilar.

Gurjistonga safar qilişni rejalaştirayotgan özbekistonliklarga safar maqsadini oldindan aniq belgilaş, mehmonxona broni, qaytiş aviaçiptasi, suğurta polisi va yetarli mablağ mavjudligini tasdiqlovçi hujjatlarni tayyorlab qöyiş tavsiya etilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.