Turkiyaning “Olis shahar” va “Leyla” seriallari xalqaro “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi

Turkiyaning “Olis shahar” va “Leyla” seriallari xalqaro “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi
2026-yil 23-noyabr kuni AQSHda xalqaro “Emmi” mukofotini topshirish marosimi o‘tkaziladi. Bu gal dizi ishqibozlari tadbirni yanada sinchiklab kuzatadi, chunki biryo‘la ikkita turk seriali ro‘yxatga kirdi va eng yaxshi telenovella uchun kurashadi.
“Xalqaro Emmi” (International Emmy) nominatsiyasi — AQSHdan tashqarida suratga olingan loyihalar uchun tanlov hisoblanadi.
Ro‘yxatga “Ay Yapim” prodyuserlik kompaniyasi loyihalari kiritilgan bo‘lib, ularning ikkalasi ham boshqa mamlakatlardagi mashhur seriallar asosida ishlangan adaptatsiyalardir. Birinchi nomzod — syujeti mashhur Livanning “Al-Hayba” dramasiga tayangan “Olis shahar” dizisi, ikkinchisi esa — mashhur “Braziliya shohko‘chasi” loyihasi asosida suratga olingan “Leyla” serialidir.
Kategoriyada to‘rtta finalchi borligi sababli, “Olis shahar” va “Leyla” g‘oliblik uchun Braziliyaning “Diqqat markazida qiz” (Garota do Momento) seriali hamda Ispaniyaning “Yovvoyi vodiy” (Valle Salvaje) serialining ikkinchi mavsumi bilan bellashadi.
“Ay Yapim” prodyuserlik kompaniyasi uchun bu xalqaro “Emmi” mukofotidagi ilk nominatsiya emas. 2023-yilda ularning “Yargi” seriali qisqa ro‘yxatga kiritilgan, shundan keyin loyiha jamoasi munosib g‘alaba bilan qaytgan edi. Bundan tashqari, o‘tgan yili Aras Bulut Iynemli ishtirokidagi “Deha” seriali statuetkani qo‘lga kiritganida ham g‘alaba yana ularga nasib etgandi.
“Olis shahar” 2024-yil noyabridan beri ekranlarda namoyish etilmoqda. Shu vaqt ichida loyiha bir nechta reyting rekordlarini yangilashga erishdi va so‘nggi yillardagi eng ko‘p muhokama qilingan turk seriallaridan biriga aylandi.
Hozir butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar Aliyaning Budapeshtga jo‘nab ketishi, Shahinning o‘limi va Sadokatning Boranga uzgan o‘qidan keyin loyihaning uchinchi mavsumida voqealar qanday davom etishini diqqat bilan kuzatmoqda.
Alperen Duymaz va Jemre Baysel ishtirokidagi “Leyla” seriali 2024-yil 11-sentyabrdan 2025-yil 6-avgustgacha ekranlarga chiqdi.
Ekranda Leylaning o‘gay onasi va Jivanning onasi Gonja Vuslaterining (Nur) iste’dodli ijrosi ko‘pchilik tomonidan alohida qayd etildi. Ko‘pincha uning ishtirokidagi sahnalar loyiha bosh qahramoni qatnashgan sahnalarni ham ortda qoldirib ketardi, serial namoyish etilgan paytda esa aktrisaning Jemre Baysel bilan chiqisha olmasligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi.

