Dunyo

Turkiyada ilk bor ayol harbiy-havo kuchlari generali bo‘ldi

Turkiyada ilk bor ayol kishi Harbiy-havo kuchlari generali lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Türkiye Gazetesi xabar berdi.

Polkovnik O‘zlem Karapinar 30-avgustdan boshlab mamlakat Harbiy-havo kuchlarining birinchi ayol generali bo‘ladi. Ushbu qaror Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligida o‘tkazilgan Oliy harbiy kengash yig‘ilishida qabul qilindi. Ikki soat yigirma daqiqa davom etgan majlisda Qurolli kuchlar qo‘mondonlik tarkibidagi yangi tayinlovlar, unvon oshirishlar va iste’foga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kengash qaroriga ko‘ra, Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, armiya generali Ziya Jemal Kadio‘g‘lu lavozimi tugatilgani sababli iste’foga chiqarildi. Uning o‘rniga Jangovar harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, armiya generali Rafet Dalkiran yangi qo‘mondon etib tayinlandi.

Yig‘ilishning muhim qarorlaridan biri polkovnik O‘zlem Karapinarning brigada generali unvoniga ko‘tarilishi bo‘ldi. 2026-yil 30-avgustdan boshlab bu qaror rasman kuchga kirgach, u Turkiya harbiy havo kuchlari tarixidagi birinchi ayol general sifatida qayd etiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, 2026-yil aprel oyida Avstraliya armiyasini tarixda ilk bor ayol kishi boshqarishi ma’lum bo‘lgandi. General-leytenant Syuzan Koyl iyul oyidan mazkur lavozimga kirishgan. 2025-yilda esa butun dunyoda MI6 nomi bilan tanilgan Britaniya tashqi razvedka xizmatiga ilk bor ayol rahbar — 47 yoshli Bleyz Metreveli tayinlangandi. U 1999-yilda Kembrij universitetida tahsil olayotgan paytda razvedka xizmatiga ishga kirgan. Faoliyatining katta qismini Yaqin Sharq va Yevropada o‘tkazgan. Tayinlovga qadar u MI6 da texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘limiga rahbarlik qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.