Dunyo

Turkiyada davlat bayrog‘iga tupurgan shaxs hibsga olindi

Turkiyada davlat bayrog‘iga tupurgan shaxs hibsga olindi

Turkiyaning Alanya kurortida davlat bayrog‘iga tupurgan 58 yoshli Britaniya fuqarosi qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 58 yoshli sayyoh mehmonxona xodimlari bilan tortishib qolgan, shundan keyin vestibyulga osilgan bayroqqa tupurgan. Xodimlar uning bu xatti-harakati haqida politsiyaga xabar bergan. Shundan so‘ng britaniyalik erkak qo‘lga olinib, Alanya sudiga olib borilgan. U yerda xorijlik davlat ramziga hurmatsizlik ko‘rsatishda ayblanib, hibsga olingan.

Sud qaroridan keyin Britaniya fuqarosi shahar tashqarisidagi mahalliy qamoqxonaga olib ketilgan. Turkiya Jinoyat kodeksining 300-moddasiga ko‘ra, davlat bayrog‘iga omma oldida hurmatsizlik qilish uch yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2025-yil avgust oyida Bosniya va Gersegovinadan kelgan sayyoh Kapadokiyada Turkiya bayrog‘i o‘rnatilgan ustunda pole dens ijro etib, voqea aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan edi. Shundan so‘ng prokuratura unga nisbatan jinoiy ish ochgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.