Siyosat

Turkiya Netanyaxuni hibsga olishga xalqaro order berdi

Turkiya Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun xalqaro order chiqardi. Bu haqda Turkiya Adliya vaziri Akin Gurlek 21-avgust kuni o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu qaror Isroilning G‘azoga mo‘ljallangan gumanitar yordam karvonini to‘xtatishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida qabul qilingan.

Gurlek X sahifasida shunday dedi: “Biz G‘azoda genotsid siyosatini amalga oshirayotgan Netanyaxu ma’muriyatining daxlsiz va javobgarlikdan xoli deb hisoblanishini qat’iyan rad etamiz”.

U qo‘shimcha qildi: “G‘azoda sodir etilgan jinoyatlarni yashirishga hamda aybdorlarni jazosiz qoldirib, himoya qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz milliy va xalqaro huquqning barcha imkoniyatlaridan qat’iyat bilan foydalanamiz”.

Adliya vazirining ta’kidlashicha, Turkiya Falastin xalqi, mazlumlar va insoniyat vijdoni yonida mustahkam turishda davom etadi. Shuningdek, insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlar qonun oldida javob berishi uchun barcha zarur choralar ko‘riladi.

Turkiya avval ham Netanyaxu va boshqa yuqori martabali mulozimlarga nisbatan order bergan edi. Ular G‘azodagi urushda “genotsid” sodir etganlikda ayblangan. Xususan, 14-iyul kuni Netanyaxuga xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.