Dunyo

Turkiy davlatlar o‘rtasidagi muloqotlar bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Turkiy dunyo davlatlari o‘rtasidagi muloqot va umumiy qarashlarga bag‘ishlangan panel muhokamasi o‘tkazildi

Turkiy davlatlar o‘rtasidagi muloqotlar yuzasidan muhokama o‘tkazildi

Bugun, 29-sentyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Turkiy dunyo muloqotlari: mushtarak kelajak, mushtarak qarash» mavzusida panel muhokamasi tashkil etildi.

Tadbir Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan uyushtirildi. Unda xorijiy diplomatik korpus vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda xorijiy ekspertlar qatnashdi.

Tadbir davomida JIDU rektori Sodiq Safoyev va Turkiyaning O‘zbekistondagi muxtor elchisi doktor Ufuq Ulutosh nutq so‘zladi.

Mazkur panel muhokamasida Turkiy dunyo davlatlari o‘rtasidagi muloqot, mushtarak qarashlar va kelajak masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.