Layfstayl

Turk aktyori Murat Yildirim ikkinchi marta ota bo‘ldi

Turkiyaning mashhur aktyori Murat Yildirim ikkinchi bor ota bo‘ldi.

Turkiyalik taniqli aktyor Murat Yildirimning oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi. Bu xabarni turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, aktyorning rafiqasi Iman Albani o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan va unga Kerem deb ism qo‘yilgan. Turk ommaviy axborot vositalarining yozishicha, hozirda ona va bolaning salomatligi yaxshi, yaqin kunlarda ular shifoxonadan javob beriladi.

Ma’lumot uchun, Murat Yildirim va Iman Albani 2016-yilda turmush qurgan. Kerem er-xotinning ikkinchi farzandidir. Ularning 2022-yil oktyabr oyida tug‘ilgan Miray ismli qizi bor.

Aktyor avvalroq otalik uni ancha o‘zgartirgani va mas’uliyatini oshirganini bildirgan. Juftlikning homiladorlik haqidagi xabarni to‘qqiz oy davomida jamoatchilikdan sir saqlashga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Aktyor joriy yilning 12-avgust kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida rafiqasining homiladorlik davri aks etgan suratlarni e’lon qilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.