Dunyo

“Turistlar Markaziy Osiyoni yagona makon sifatida koʻrishi kerak”

Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi yaqinlashuv siyosiy kelishuvlardan tashqari, odamlarning kundalik hayotida ham sezilmoqda. Chegaradan oʻtish, savdo qilish, sayohat va yuk tashishni yengillashtirish kabi masalalar mintaqaviy hamkorlikning muhim qismiga aylanmoqda.

“Turistlar Markaziy Osiyoni yagona makon sifatida koʻrishi kerak”

Qoʻshni davlatlar aholisi Markaziy Osiyo integratsiyasi va Xoʻjand deklaratsiyasiga qanday munosabat bildiryapti?

Baxtiyor Hamdamov:

Abadiy doʻstlik deklaratsiyasi juda muhim hujjat hisoblanadi. Uni davlatlarimiz rahbarlari hech qanday vositachilarsiz, oʻzaro kelishuv asosida imzolashdi. Bu jarayonda boshqa davlatlarning tashqi taʼsiri boʻlmadi.

Bugun Xoʻjandda oʻtayotgan ikkinchi forum ham integratsiya yoʻlidagi navbatdagi qadamdir. Biz koʻplab masalalarda kelishib oldik, Qirgʻiziston bilan oramizda sulh va totuvlik oʻrnatildi. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlar ham hozir juda yaxshi. U yerda bizni qanday kutib olishlari, munosabatlar qay darajada oʻzgargani yaqqol bilinadi.

Endi keyingi bosqichda nafaqat tinchlik va totuvlikda yashashimiz, balki birgalikda harakat qilib, taraqqiyot sari intilishimiz kerak.

Integratsiya aslida allaqachon boshlangan. Bu hujjatning eng muhim tomoni shundaki, u nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod uchun ham mustahkam poydevor yaratadi. Keyingi avlod bu hujjatni oʻziga meros sifatida qabul qiladi. Menimcha, bunday forumlar yanada koʻproq oʻtkazilishi lozim.

Ularni oʻzimiz ham tashkil qilishimiz kerak. Yoʻllarni ochish, chegaradan oʻtishni yengillashtirish zarur. Chunki bu uch xalq, umuman olganda, Markaziy Osiyodagi besh davlat xalqlari tarixan birga yashab kelgan. Biz ana shu umumiy tarixni asrashimiz kerak. Ilgari milliy chegaralar ham, bugungi maʼnodagi millat tushunchalari ham hozirgidek ajratilmagan. Soʻnggi ikki asrda, avval imperiya, keyin sovet davrida, xalqlar oʻrtasida turli boʻlinishlar yuzaga kelgan.

Amangeldi Jumabayev:

Bunday forumlar biz uchun juda zarur. Yaqinda Oʻshda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston elchilari ishtirokida savdo dialogi oʻtkazdik. Unda uch mamlakatning bojxona xizmatlari, turizm sohasi va iqtisodiyot vazirliklari vakillari qatnashdi. Barcha ishtirokchilar bir masalani alohida taʼkidladilar: integratsiya uchun mustahkam qonunchilik bazasi va yagona qoidalar kerak.

Masalan, Oʻzbekistonga keladigan turistlarning qariyb 50 foizi Tojikiston va Qirgʻizistondan keladi va ularning katta qismi Oʻshga yaqin joylashgan “Doʻstlik” chegara punkti orqali oʻtadi.

Hozir bu yerda turistlar 30 daqiqadan bir soatgacha navbat kutib qolayotgan holatlar bor. Bu esa, tabiiyki, ularning taassuroti va kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.