Mahalliy

«Tufli artadigan lattagayam arzimaysan»: Ishtixonda soliq boshligʻi xodimlarini haqoratladi - audio

Kun.uz'ga Samarqand viloyati Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Oybek Usmonovning xodimlarni boʻralatib soʻkkani aks etgan audio kelib tushdi. “Kecha qancha tushum qilding?! Sen ***larni deb b***t boshqarmadan gap eshityapman!” – degan u soʻkishlar orasida. Viloyat soliq boshqarmasiga koʻra, Usmonovga hayfsan berilgan va uni boshqa hududga ishga oʻtkazish boʻyicha Soliq qoʻmitasiga taklif kiritilgan.

«Tufli artadigan lattagayam arzimaysan»: Ishtixonda soliq boshligʻi xodimlarini haqorat qildi - audio

Samarqand viloyati Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Oybek Usmonov xodimlarini qoʻpol va jinsiy mazmundagi soʻzlar bilan haqorat qilgani, Kun.uz surishtiruvidan soʻng unga hayfsan jazosi tayinlangani maʼlum boʻldi.

Kun.uz’ga kelib tushgan audioda Oybek Usmonov xodimlariga murojaat qilib, ularni ishni bajarmayotganlikda ayblaydi. U davlat ishini talab qilayotganini aytib, xodimni shaxsiy qadr-qimmatini qoʻpol ravishda kamsituvchi iboralar bilan haqorat qiladi. Suhbat davomida tahdidga oʻxshash gaplar ham eshitiladi.

Yozuvning boshqa qismida Usmonov bir xodimdan qancha tushum qilinganini soʻraydi. «Oʻn bir million» degan javobdan keyin uni haqorat qiladi. Shuningdek, xodimlardan biriga nisbatan «buniyam uch kunlik muddat bilan arizasini olasan», degan gapni aytadi. Boshqa bir xodimni esa «tufli artadigan lattagayam arzimaysan», deya kamsitadi. Boshliqning aytishicha, u qoʻl ostidagi xodimlar sabab «boshqarmadan gap eshityapti».

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, holat boshqarma hamda komplayens boʻlimi tomonidan oʻrganilgan. Tekshiruv yakunida Oybek Usmonovga hayfsan intizomiy jazosi berilgan. Shuningdek, uni boshqa hududga rotatsiya qilish boʻyicha Soliq qoʻmitasiga taklif kiritilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.