Iqtisodiyot

«Traxys» kompaniyasi O‘zbekistonda minerallarni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev «Traxys» rahbari Mark Kristoff bilan uchrashuvda muhim minerallar, xomashyoni chuqur qayta ishlash va

«Traxys» kompaniyasi O‘zbekistonda minerallarni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirishi mumkin

Bugun, 19-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Traxys» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Mark Kristoffni qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘tgan bir yil ichida kompaniya bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqqani, jumladan, bitimlar imzolangani va Toshkentda «Traxys»ning Markaziy Osiyodagi ilk mintaqaviy ofisi ochilgani qayd etildi.

Suhbat davomida Amerika texnologiyalari asosida muhim minerallar va xomashyoni chuqur qayta ishlash, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor berildi.

«Traxys» muhim xomashyo va minerallarni yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri sanaladi. Kompaniya 20 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, metallar va minerallarni xarid qilish, ularning logistikasini yo‘lga qo‘yish, moliyalashtirish hamda sotish bilan shug‘ullanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.