Mahalliy

Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yoʻnalishini yoʻlga qoʻymoqda

Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yoʻnalishini yoʻlga qoʻymoqda

Toshkentda 7 sentyabrdan boshlab 2026/2027 oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida «Mirzo Ulugʻbek metro bekati – OʻzDJTU» vaqtinchalik avtobus yoʻnalishi ish boshlaydi.

Qoʻshimcha transport poytaxt hokimligi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Transport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Yoʻnalish metropolitenga tushadigan yuklamani kamaytirish va yoʻllardagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida yoʻlga qoʻyildi. Avtobuslar «Mirzo Ulugʻbek» metro bekatidan Taxtagul koʻchasi, Kichik halqa avtomobil yoʻli, Lutfiy va Koʻkcha Darvoza koʻchalari orqali Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti joylashgan Zakovat koʻchasigacha harakatlanadi.

Yangi yoʻnalish ertalabki tigʻiz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha qatnaydi. Liniyada 4 ta katta sigʻimli avtobus xizmat koʻrsatadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.