Iqtisodiyot

Transport-logistika markazlari 2040 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilinadi

Buning uchun markazlar ESKATO quruqlik portlari to‘g‘risidagi bitimga kiritilgan, tizimlarni joriy etgan va «E-logistika» platformasida

Transport-logistika markazlari 2040 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod etiladi

Transport-logistika markazlari hamda quruqlik portlari tarmog‘i kengaytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Transport-logistika tizimini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori (PQ–368-son, 12.10.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026–2030-yillarda transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Jumladan:

- transport-logistika markazlarining yillik quvvati kamida 40 mln tonnaga yetkaziladi;

- transport va logistika xizmatlari eksporti 3,5 mlrd AQSh dollariga, respublika hududi orqali tranzit yuk tashish hajmi 18,5 mln tonnaga yetkaziladi;

- respublikadagi barcha talablarga javob beruvchi xalqaro quruqlik portlari soni hozirgi 24 tadan 30 taga yetkaziladi.

Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarining yuk tashish imkoniyati hamda transport-logistika markazlarida konteynerlarga ishlov berish quvvati ikki barobarga oshiriladi.

Andijon viloyatining Xonobod shahri, Buxoro viloyatining Olot tumani, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hamda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi.

- transport-logistika markazlarida terminallarni boshqarish (TOS) va omborni boshqarish (WMS) tizimlari joriy etiladi hamda ular 2030 yil oxirigacha Transport vazirligining «E-logistika» platformasiga ulanadi;

- 2040-yilgacha transport-logistika markazlari yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilinadi (buning uchun markaz ESKATO quruqlik portlari to‘g‘risidagi bitimga kiritilgan, tizimlarni joriy etgan va «E-logistika» platformasida «BB» va undan yuqori reytingga ega bo‘lishi shart);

- Transport-logistika markazlari reyestriga kiritilgan markazlar uchun 2029-yil 1-avgustgacha ishlab chiqarilmaydigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar va extiyot qismlar bojxona bojidan va majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi;

- 2026-yil 1-noyabrdan xalqaro kurerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi;

- Qarorga ko‘ra, 2027-yil 31-dekabrgacha M₂, M₃, N toifadagi transport vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlarni bojxona boji to‘lashsiz import qilishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.