Tramp SI siyosatini nazorat qilish uchun «Super intellekt kuchlari» tashkil etilishini eʼlon qildi
Prezident texnologiya boʻyicha xavotirlar kuchayib borayotgan bir paytda, ishchi guruhga milliy razvedka rahbari boshchilik qilishini maʼlum qildi.

Tramp SI siyosatini nazorat qilish uchun «Super intellekt kuchlari» tashkil etilganini eʼlon qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp sunʼiy intellekt boʻyicha yangi ishchi guruh tuzganini va unga Milliy razvedka direktori Jey Kleyton rahbarlik qilishini maʼlum qildi.
Ishchi guruh tarkibida, shuningdek, Federal savdo komissiyasi raisi Endryu Fergyuson va Mudofaa vazirining tadqiqotlar va muhandislik boʻyicha oʻrinbosari Emil Maykl ham faoliyat yuritadi.
Oʻtgan hafta Tramp yetakchi texnologiya kompaniyalari rahbarlari ushbu texnologiyani tartibga solish boʻyicha oʻz taʼbiri bilan aytganda «maʼnaviy jihatdan majburiy» paktni imzolaganlaridan soʻng, SI xavfsizligini nazorat qiluvchi kengash tuzishini aytgan edi.
30 sentyabr kuni prezident SI (AI) nomini «super intellekt» (super intelligence) deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi farmonni ham imzoladi. Bundan avval u «sunʼiy» soʻzi texnologiyani «soxta» qilib koʻrsatishini aytgan edi.
Ayrim yetakchi texnologiya namoyandalari yangi terminni qoʻllashni boshlab yuborishdi. Jumladan, multimilliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqda oʻz kompaniyasining SpaceXAI SI platformasini SpaceXSI deb qayta nomlashini maʼlum qildi.

