Siyosat

Tramp Saudiya bilan yadroviy kelishuvni Kongressga yubordi

Donald Tramp AQSH Kongressiga Saudiya Arabistoni bilan fuqarolik yadroviy energiyasi boʻyicha kelishuvni yubordi. Agar qonunchilar 90 kun ichida uran boyitish taqiqlanmagan kelishuvga eʼtiroz bildirmasa, u kuchga kiradi. Biroq, Tramp – Isroil tan olinmaguncha Saudiyaga yadroviy texnologiyalarni bermoqchi emas.

Tramp Saudiya bilan yadroviy bitimni Kongressga taqdim etdi.

Joriy yilning iyul oyida imzolangan va Amerika kompaniyalariga Saudiya Arabistoniga fuqarolik yadro texnologiyalarini eksport qilish imkonini beruvchi kelishuv dushanba kuni Kongressga yuborildi. Bu haqda oʻz shaxsi sir qolishini istagan AQSH rasmiysi Reuters agentligiga maʼlum qildi.

30 yillik ushbu yadroviy kelishuv AP1000 reaktorlarini qurishni nazarda tutadi. Oʻnlab milliard dollarlik bu loyiha Kanada shirkatlari hamkorlikda egalik qiladigan Westinghouse kompaniyasiga foyda keltiradi.

Nashrning Kongressdagi ikkita manbasi ham kelishuv Kongress yetakchilariga yuborilgani hamda chorshanba kuni tegishli qoʻmitalarga topshirilishi kutilayotganini bildirdi. Agar Kongress 90 sessiya kuni ichida kelishuvga eʼtiroz bildirmasa, u kuchga kiradi.

Agar Kongress kelishuvni rad etsa, Tramp bu qarorga veto qoʻyishi mumkin. Uni bekor qilish uchun esa Kongressda uchdan ikki qism koʻpchilik ovoz talab qilinadi.

"Prezidentning pozitsiyasi oʻzgarmadi, kelishuv faqat Saudiya Arabistoni "Ibrohim kelishuvlari"ga qoʻshilgan taqdirdagina amalga oshiriladi", degan AQSH rasmiysi.

Bu bitim Isroil va arab-musulmon davlatlar oʻrtasida munosabatlarni normallashtirish boʻyicha AQSH vositachiligida tuzilgan kelishuv hisoblanadi. 2020 va 2021-yillarda erishilgan ushbu kelishuvlar Isroil va BAA, Bahrayn, Marokash hamda Sudan oʻrtasida imzolangan.

Iyul oyida Tramp Saudiya yadroviy kelishuviga rozilik berganidan bir necha kun oʻtib Isroil munosabatlarni normallashtirishni – uning kuchga kirishi uchun asosiy shart qilib belgilagandi.

Saudiya Arabistoni Isroilni tan olishdan oldin Falastin davlatini barpo etishni talab qilmoqda.

Diplomatlar Ar-Riyod 2023-yilda Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga juda yaqin kelgan deb hisoblaydi. Ammo, 2023-yil oktabrida Isroilning Gʻazoda boshlagan genotsid urushi vaziyatni oʻzgartirib yubordi.

Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasi ushbu xabarlarga izoh bermagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.