Siyosat

Tramp respublikachilar gʻalabasi uchun har bir amerikalik saylovchiga 5 ming dollardan vaʼda qildi

U Respublikachilar partiyasining Texas shtati Dallas shahrida oʻtgan qurultoyida buni «muvaffaqiyatli kompaniyalarning investorlarga dividend toʻlashi»ga oʻxshatgan.

Tramp respublikachilar gʻalabasi uchun har bir amerikalik saylovchiga 5 ming dollardan vaʼda qildi. U buni «muvaffaqiyatli kompaniyalarning investorlarga dividend toʻlashi»ga qiyosladi.

«Yagona cheklov shundaki, dividendlar AQShda sarflanishi kerak. Biz pullarni Kanadaga borib sarflashingizni xohlamaymiz. Biz sizning Xitoyga, Germaniyaga borishingizni istamaymiz... Siz pullarni AQShda sarflashingiz kerak», – deya qoʻshimcha qildi Tramp.

Qayd etish kerakki, bu tarixda AQSH prezidenti saylovchilar ovozini jalb qilish kampaniyasi doirasida amerikaliklarga bunday toʻlovlar vaʼda qilayotgan birinchi holatdir.

Tramp koʻpincha mitinglar paytida eʼtiborni jalb qilish uchun juda gʻayrioddiy gʻoyalarni ilgari surishi bilan tanilgan.

Hozirda Demokratik partiya aksar soʻrovlarda yetakchilik qilmoqda va Vakillar palatasi va hatto Senatni nazorat qilish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Tramp AQSH tarixida prezident partiyasi oraliq saylovlarda magʻlub boʻlishi koʻp uchraganini eslatib, «Biz buni oʻzgartirishimiz kerak», – dedi va amerikaliklarni «byulletenda Tramp ismi koʻrsatilgandek» ovoz berishga chaqirdi.

Texasdagi chiqishi chogʻida Tramp noyabr oyida Respublikachilar partiyasi magʻlubiyatga uchrashi amerikaliklar «chegaralarni yoʻqotishi, soliqlar kamayishidan mahrum boʻlishi va xavfsizligini boy berishi»ni anglatishini aytdi. «Sizni yana ikki yil avvalgidek dahshatli doʻzax kutadi», – deya qoʻshimcha qildi AQSH prezidenti. U AQSH «butun dunyo uchun masxara boʻlgani», ammo hozir hech kim uning ustidan kulmayotganini taʼkidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.