“Tramp ma’muriyati urush keskinligini pasaytirish bo‘yicha uchta taklif berdi” — Zelenksiy

“Tramp ma’muriyati urush keskinligini pasaytirish bo‘yicha uchta taklif berdi” — Zelenksiy
Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urush keskinligini kamaytirish uchun zudlik bilan uchta muhim chorani taklif qilmoqda.
Birinchi navbatda, AQSH Moskva va Kiyevga energetika infratuzilmasiga o‘zaro zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishni taklif qilmoqda.
Vashington ilgari surayotgan ikkinchi qadam — Qora dengizdagi don yo‘lagi faoliyatini qayta tiklash. Uchinchi taklif esa AQSH, Rossiya va Ukraina vakillari ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishdan iborat. Uchrashuv uchun ehtimoliy joy sifatida Abu-Dabi tilga olingan. Zelenskiy Kiyev bu taklifga mamnuniyat bilan rozi bo‘lishini aytdi.
“Biz muzokaralarga ochiqmiz — istalgan joyda va istalgan formatda”, dedi u.
Ukraina prezidenti uch tomonlama uchrashuvni dekabr oyida Mayamida o‘tadigan G20 sammiti doirasida ham tashkil etish mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, bu masala Tramp bilan suhbatda muhokama qilingan. Shu bilan birga, Zelenskiy Vladimir Putinning muzokaralarga tayyorligiga hanuz shubha qilayotganini, Rossiya prezidenti uch tomonlama uchrashuvdan qochish uchun “biror sabab topishi” mumkinligini ta’kidladi.
Biroq Rossiya tomoni bunday uchrashuv haqidagi xabarni rad etdi. Ukraina prezidenti ofisi ham 24-sentyabr kuni bunday uchrashuv bo‘lishini tasdiqlamadi.

