Tramp Lebron Jeymsni AQSh gimnini hurmat qilmaganlikda ayblab, undan kechirim soʻrashni talab qildi
Basketbol yulduzi yaqinda davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda golf tayogʻini silkitish harakatlarini hamda basketbol zarbalarini mashq qilayotgandek koʻrindi.

Tramp Lebron Jeymsni AQSh madhiyasiga hurmatsizlik qilganlikda ayblab, undan kechirim soʻrashni talab qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp basketbol yulduzi Lebron Jeymsni milliy madhiya yangrayotgan paytda tinch turmagani uchun AQShga hurmatsizlik qilganlikda aybladi.
Hozirda "Filadelfiya 76yers" jamoasida oʻynayotgan Jeyms chorshanba kuni "Nyu-York Niks"ga qarshi mavsumning ochilish oʻyini oldidan madhiya ijro etilayotganda golf tayogʻini silkitishni va basketbol toʻpini otishni mashq qilayotgani koʻringan.
"Milliy madhiyamizni tinglash asnosida Lebron Jeyms mamlakatimizga hurmatsizlik qilmoqda!", deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda. "Lebron Jeyms Amerika bayrogʻi uchun halok boʻlgan barcha buyuk amerikalik jangchilar va qahramonlardan kechirim soʻrashi kerak."
Jeyms prezidentning soʻnggi mulohazalariga hali javob qaytarmadi, garchi bu ikki shaxs ilgari ham bir-birini tanqid qilgan boʻlsa-da.
"Men eng boshidanoq uning hech narsaga arzimasligini, TOTAL SHARMANDALIK ekanini aytgan edim", deya qoʻshimcha qildi Tramp Jeymsga ishora qilib.
Iyul oyida Trampdan Jeyms va Maykl Jordan oʻrtasida tarixdagi eng buyuk basketbolchini tanlash soʻralganida, u Jordanni afzal koʻrishini aytgan va qora tanli boʻlgan Jeyms "iriqchi" boʻlishi mumkinligini shaʼma qilgan edi.
"Menga faqat meni yoqtiradigan odamlar yoqadi", degan edi Tramp.

