Texnologiya

Tramp kiberxavf sabab Xitoydan robotlar importini taqiqladi

Tramp ma’muriyati kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida Xitoydan robotlar importini chekladi.

AQSH hukumati sun’iy intellekt sohasini va milliy xavfsizlikni kiberhujumlardan himoya qilish maqsadida Xitoyning gumanoid robotlari va invertorlarini mamlakatga olib kirishni taqiqladi.

Bu qaror AQSH Federal aloqa komissiyasi (FAK) tomonidan qabul qilindi. Taqiq Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi odamsimon va to‘rt oyoqli robotlarga, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tarmoqqa ulash uchun ishlatiladigan invertorlarga nisbatan qo‘llanadi.

**Taqiq sabablari**

Amerika rasmiylari Xitoy qurilmalari orqali ma’lumotlar o‘g‘irlanishi va kiberhujumlar uyushtirilishidan xavotirda. FAK raisi Brendan Karrning ta’kidlashicha, bu qurilmalar AQSH iqtisodiyoti va muhim infratuzilmasi uchun xavf tug‘diradi.

Taqiq endi ishlab chiqariladigan yangi modellarga tegishli. Biroq komissiya ilgari ruxsat berilgan modellarni ham sotuvdan olib tashlash huquqiga ega. AQSHning bu qaroriga Xitoy elchixonasi quyidagicha munosabat bildirdi:

“Vashington Xitoy kompaniyalarini qoralashni va ularga sanksiyalar bilan tahdid qilishni to‘xtatishi kerak. Pekin o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi”.

**Qaysi kompaniyalar zarar ko‘radi?**

Cheklov birinchi navbatda Xitoyning Unitree kompaniyasiga ta’sir qilishi kutilmoqda. Bu kompaniya jahon gumanoid robotlar bozorining qariyb beshdan bir qismini egallab turibdi. AQSH rasmiylari bunday robotlar mamlakat ichida josuslik qilishi yoki masofadan turib muhim obyektlar ishini buzishi mumkinligidan xavotirda. Shuningdek, taqiq invertor ishlab chiqaruvchi Sungrow va Huawei kompaniyalariga ham taalluqlidir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.