Tramp Kanada tovarlari uçun tariflarni özgartirdi
AQŞ 30-oktabrdan Kanadaning ayrim tovarlariga qöyilgan 50 foizlik bojxona bojlarini bekor qiladi. Şu bilan birga, gilam, böyoq, şampun, konditsioner va boşqa mahsulotlar boj undiriladigan tovarlar röyxatiga kiritildi.

Tramp Kanada tovarlari uchun tariflarni o‘zgartirdi
DW xabariga ko‘ra, tegishli farmonni AQSh prezidenti Donald Tramp 23-oktabr kuni imzolagan.
Yuqori bojlar, jumladan, quyidagi Kanada mahsulotlaridan olib tashlanadi: fanera; ayrim turdagi qog‘oz mahsulotlari; sellyuloza-qog‘oz sanoati uchun uskunalar; qadoqlash yashiklari va karton qutilar; yangi va quritilgan dengiz suvo‘tlari.
Ayni paytda, Oq uy boshqa mahsulotlarni boj qo‘llanadigan ro‘yxatga qo‘shgan. Ular orasida gilamlar, bo‘yoqlar, shampunlar, kakao kukuni, yog‘och tobutlar, muzqaymoq tayoqchalari, konditsionerlar, muzlatish kameralari, kamondan o‘q otish anjomlari va kanoe qayiqlari bor.
Kanadaning idoralararo munosabatlar vaziri hamda AQSh bilan savdo uchun mas’ul Dominik Leblan Ottava ushbu qarorlarni baholayotganini bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, Kanada o‘z manfaatlarini hisobga oladigan, har ikki tomon uchun foydali savdo munosabatlarini shakllantirish yo‘lida konstruktiv va halol hamkorlik qilishga tayyor.
Vashington va Ottava o‘rtasidagi savdo kelishmovchiliklari Tramp prezidentlikka qaytganidan keyin kuchaygan. O‘zaro 50 foizlik bojlar joriy etilishi munosabatlar yomonlashuvining belgilaridan biri bo‘lgan. Tramp Kanadani AQShning 51-shtatiga aylantirish imkoniyati haqida ham bir necha bor gapirgan.
Sentabr oxirida AQSh Kanadadan qator mahsulotlar importini noma’lum muddatga to‘xtatgan edi. Cheklov ichimliklar, sut zardobi, ayrim sut mahsulotlari hamda mototsikllarni qamrab olgan.
Vashington bu chorani Ottavaning AQSh avgust oyida joriy etgan yuqori bojlarga xuddi shunday javob qaytarish qaroridan keyin qo‘llagan.

