Tramp Isroilga yordamni töxtatmoqçi, Yevropa aeroportlarida esa bombalar tahdidi – kun dayjesti
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Tramp Isroilga yordamni to‘xtatmoqchi, Yevropa aeroportlarida esa bomba tahdidlari — kun dayjesti
AQShda 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kongress oraliq saylovlari natijalari ma’lum bo‘ldi. Demokratlar Vakillar palatasida ham, Senatda ham nazoratni qo‘lga kiritadi.
AP hisob-kitoblariga ko‘ra, Senat allaqachon demokratlar nazoratiga o‘tdi. Demokratlar AQSh Senatidagi 100 ta o‘rindan kamida 54 tasiga egalik qilmoqda. Demokratlar respublikachilardan yetti o‘rinni tortib oldi, shu tariqa prezident Trampning partiyasi Senatdagi ko‘pchilik mavqeini yo‘qotdi. Hatto konservativ Texasda ham qariyb 40 yilda ilk bor demokrat senator va demokrat gubernator saylandi.
Ayni shu paytda 435 o‘rinli Vakillar palatasida esa demokratlar ko‘pchilik uchun zarur bo‘lgan 218 o‘rindan oshib 225 o‘ringa egalik qilmoqda. Respublikachilar 137 ta okrugda g‘olib bo‘ldi.
Vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Hakim Jeffris natijalardan keyin «Amerika uchun g‘alaba!» deb yozdi. U yanvarda palata spikeri bo‘lishi kutilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp saylov natijalarini qabul qilishga to‘la tayyor ekanini aytdi.
Saylov natijalari iqtisodiy ahvol va Eron bilan urushdan norozilik fonida Tramp va respublikachilarga zarba deb baholanmoqda. Vakillar palatasini nazorat qilish demokratlarga Tramp prezidentlik muddatining oxirgi ikki yilida tergov va chaqiruv vakolatlarini beradi.
Yevropa aeroportlarida bir kunda ketma-ket bomba tahdidlari qayd etildi. Reuters’ning yozishicha, 3-noyabr kuni kamida yetti samolyot va bitta kruiz kemasiga bomba qo‘yilgani haqida xabar berildi. Tekshiruvlar natijasida hech qayerda portlovchi qurilma topilmadi, biroq aeroportlar faoliyatida uzilishlar yuzaga keldi.
Tahdidlar Varshava, Sofiya va Rimga uchayotgan ikkitadan reysga hamda Ispaniyaning Mursiya shahriga uchayotgan bitta reysga qaratilgan. Londondan Varshavaga uchayotgan LOT samolyoti yaqindagi Modlin aeroportiga yo‘naltirildi va aeroport vaqtincha yopildi. Rimga uchayotgan Ryanair samolyotlaridan birini esa Italiya harbiy havo kuchlari qo‘riqlab bordi. Bir kun oldin Londondan Sofiyaga uchayotgan Wizz Air samolyoti ham shunday tahdid tufayli Budapeshtga qo‘ndirilgandi.
Shuningdek, Gretsiyaning Siros orolida Isroilga yo‘l olgan «Crown Iris» kruiz kemasi tekshirildi. Noma’lum shaxs kema korpusiga portlovchi qurilma o‘rnatilganini aytgandi. Dastlabki tekshiruvda hech narsa topilmadi.

