Siyosat

Tramp Hoʻrmuz boʻgʻozi minalardan toʻliq tozalanganini eʼlon qildi

AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozidagi minalarni toʻliq zararsizlantirganini maʼlum qildi. Prezident Donald Tramp Eronga yangi mina oʻrnatuvchi har qanday kema yoki qayiq yoʻq qilinishini bildirdi.

Tramp Hoʻrmuz boʻgʻozining minalardan butunlay tozalanganini eʼlon qildi

AQSH prezidenti Donald Trampning Truth Social ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilishicha, AQSH Harbiy-dengiz kuchlari Hoʻrmuz boʻgʻozi suvlaridagi barcha minalarni zararsizlantirgan.

Tramp shunday yozgan: "Eronga har qanday yangi mina oʻrnatuvchi kema yoki qayiq zudlik bilan va tizimli ravishda yoʻq qilinishi haqida bildirish yuborildi... Minalashtirishga nisbatan mutlaqo murosasizlik siyosati toʻliq kuchga kirgan."

AQSH prezidenti qoʻshimcha qilishicha, Amerika tomoni boʻgʻozdagi harakatlanishni kosmik kuchlar yordamida kuzatib bormoqda. Shuningdek, AQSH versiyasiga koʻra, Eron uran qoldiqlarini boyitayotgan Kirki togʻida ham kuzatuv olib borilmoqda. Amerika kuchlari yoʻq qilingan uchta yadroviy obyektni ham kuzatuv ostiga olgan.

Eronning Hoʻrmuz boʻgʻozini minalashni boshlagani haqidagi maʼlumot mart oyi boshida paydo boʻlgan edi. Eron tomoni AQSH va Isroilning oʻziga qarshi operatsiyasiga javoban dengiz yoʻlagini toʻsib qoʻygandi. The Washington Post nashri Pentagon Hoʻrmuz boʻgʻozini minalardan toʻliq tozalash jarayoni olti oy davom etishini bashorat qilgani haqida yozgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.