Dunyo

«Tramp bilishi kerakki, biz hech qachon bosh egmaymiz» – Eron prezidenti BMTda chiqish qildi

BMT bosh assambleyasida nutq soʻzlagan Masʼud Pezishkiyon Trampning tahdidlariga javoban - «sanksiyalar va ortib borayotgan bosim oldida Eron xalqining qarshiligi faqat kuchayib boradi», dedi. Shuningdek, Eron yetakchisi ular yadro qurolini yaratishga intilmasligini, ammo tinch maqsadlardagi yadroviy dasturlaridan voz voz kechmasligi taʼkidladi.

«Tramp bilishi kerakki, biz hech qachon bosh egmaymiz» – Eron prezidenti BMTda nutq so‘zladi

23-sentabr kuni Eron prezidenti Masʼud Pezishkiyon AQShda, BMT Bosh Assambleyasining oliy darajadagi muzokaralarida chiqish qildi.

«AQSH prezidenti bizni terrorchilar deb atadi. Aslida biz terrorizm qurboni bo‘lganmiz», dedi Eron vakili BMTga murojaat qilib. Shundan keyin u 28-fevral kuni AQSH va Isroil hujum boshlagan paytda — o‘z qarorgohiga berilgan zarba oqibatida halok bo‘lgan mamlakatning marhum oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning suratini ko‘rsatdi.

Pezishkiyon Minobdagi boshlang‘ich maktab va Lamerddagi sport majmuasiga qilingan raketa zarbalarida halok bo‘lgan 100 dan bolalarning ayrimlari suratlarini ham taqdim etdi. AQSH Lamerdga zarba berganini inkor etadi va Minobda nima yuz berganini hanuz o‘rganayotganini aytib keladi.

«Bizning begunoh xalqimiz mamlakatimizga qarshi uyushtirilgan qo‘rqoqona hujumlar va tajovuzlarning nishoniga aylandi. Va biz o‘zimizni bor kuchimiz bilan himoya qildik», — dedi Pezishkiyon.

Seshanba kuni Bosh Assambleyadagi nutqida Tramp uning oldida «katta qaror» turganini ta’kidladi — yo eronliklarga o‘z mamlakatini qayta qurishga imkon beradigan kelishuv bo‘yicha muzokara olib borish, yoki «Islom Respublikasini yo‘q qilish va buni tez amalga oshirish». Pezishkiyon bu tahdidni «zo‘ravonlik mentalitetining belgisi» deb atadi.

«[Tramp] bilishi kerakki, sanksiyalar, ortib borayotgan bosim va zo‘ravonliklar qarshisida Eron xalqining qarshiligi faqat kuchayib boradi. Biz hech qachon bosh egmaymiz yoki tiz cho‘kmaymiz», — dedi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.