Tramp AQShning yangi qonuni kuchga kirishi bilan Rossiyaga qarshi bir qator sanktsiyalarni bekor qildi
Trampning taʼkidlashicha, Moskvani Ukrainaga qarshi urushi uchun jazolashni maqsad qilgan yangi qonunning baʼzi qismlari AQSh milliy manfaatlariga ziddir.

Tramp AQShning yangi qonuni kuchga kirishi bilan Rossiyaga qarshi bir qancha sanktsiyalarni bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urush uchun Rossiyani jazolash maqsadida yaqinda AQSh Kongressi tomonidan maʼqullangan bir qator sanktsiyalarni bloklash uchun oʻz prezidentlik vakolatlarini ishga soldi.
Juma kuni oqshomda chiqarilgan farmonda Tramp ayrim sanktsiyalarni toʻxtatib turish AQShning "milliy manfaatlariga" mos kelishini aytdi. Tramp sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini sentyabr oyida imzolagan edi va u yakshanba kuni kuchga kirishi kerak edi.
Ushbu qadam Tramp noyabr oyida boʻlib oʻtadigan va Kongressni qaysi partiya nazorat qilishini belgilab beradigan oraliq saylovlar oldidan AQShda energiya narxini arzonlashtirish maqsadida Rossiya dizelini import qilishini aytganidan bir necha kun oʻtib tashlandi.
Bu reja qonunchilarni hayratda qoldirdi va ikkala partiya vakillarining ham keskin eʼtirozlariga sabab boʻldi.
AQShning sanktsiyalar haqidagi qonuni 11 iyul kuni vafot etguniga qadar Vashingtonda Ukrainaning eng ashaddiy himoyachilaridan biri boʻlgan marhum respublikachi, Janubiy Karolina senatori Lindsi Grem sharafiga nomlangan.
Qonun Rossiya iqtisodiyotini nishonga olgan va Trampga Rossiya nefti va gazining eng yirik beshta xaridoriga — eng avvalo Xitoy va Hindistonga 100% gacha bojlar joriy etish boʻyicha keng vakolatlar bergan.
Bundan tashqari, qonunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya hukumatining yuqori lavozimli shaxslari, shuningdek, banklar va boshqa moliyaviy muassasalar hamda mavjud sanktsiyalarni chetlab oʻtish uchun foydalaniladigan Rossiyaning tankerlardan iborat "soyadagi floti"ga qarshi sanktsiyalar mavjud.
Payshanba kuni AQShning 20 nafar ikki partiyaviy qonunchilar guruhi Trampga 18 oktyabrda kuchga kirishi kerak boʻlgan yangi qonunga amal qilishga chaqirib xat yubordi.
Qonunchilar Trampga sanktsiyalar haqidagi qonun loyihasini imzolagani uchun minnatdorchilik bildirishdi va qonunni "toliq va halolona amalga oshirishga" chaqirishdi.
Ular bu "Putinni tinchlik muzokaralariga jiddiy qarashga majbur qilishda hal qiluvchi" ahamiyatga ega boʻlishini aytishdi va Tramp maʼmuriyatini "Grem qonuni sanktsiyalarini toʻliq hajmda va kechiktirmasdan qoʻllashga" undashdi.
Oʻtgan haftada Tramp Putin bilan telefon orqali gaplashganini va Moskvadan dizel yoqilgʻisi sotib olishga rozi boʻlganini aytgan edi.
AQSh ittifoqchilari bu qaror Rossiyaning urush harakatlariga yordam berishi mumkinligidan xavotirga tushib, uni tanqid qilishdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu kelishuvni Putinga berilgan sovgʻa va "tugatilishi kerak boʻlgan urushga kiritilgan sarmoya" deb taʼrifladi.

