Siyosat

Tramp AQSH strategik zaxiralarini Venesuela nefti hisobidan to‘ldirmoqchi

Tramp AQSH strategik zaxiralarini Venesuela nefti hisobidan to‘ldirish niyatida

AQSH prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, yaqinda tuzilgan kelishuvga binoan Venesueladan olinadigan neft mamlakatning strategik zaxiralarini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.

Oq uy rahbari bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zaxiralarni qayta to‘ldirish jarayoni tez orada boshlanadi. Donald Tramp Venesuela neftini "AQSH xalqiga Venesueladan sovg‘a" deb atadi.

Hozircha kelishuvning tafsilotlari va uning har ikki tomonga qanday iqtisodiy foyda keltirishi noma’lum. Oq uyning ta’kidlashicha, bu harakatdan ko‘zlangan asosiy maqsad og‘ir ahvolga tushib qolgan Venesuela neft sanoatini qayta tiklashdir. Ushbu maqsadga erishish uchun katta miqdordagi investitsiyalar talab qilinadi, shu sababli jarayon uzoq davom etishi mumkin.

Joriy yilning 21-avgust holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning strategik neft zaxiralari qariyb 290 million barrelni tashkil etgan. Bu so‘nggi 44 yildagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bunga AQSH global bozordagi beqarorlik tufayli rezervuarlardan katta miqdorda neft chiqargani sabab bo‘lgan.

Strategik zaxiralar ham Jo Bayden, ham Donald Tramp ma’muriyatlari davrida qisqarishda davom etgan. Rossiyaning Ukrainaga bosqini va Eron bilan bog‘liq mojaro kabi omillar bunga sabab bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.