“Trabzonspor” Salohdan so‘ng “Liverpul”ning yana bir sobiq futbolchisini transfer qildi

"Trabzonspor" Salohdan keyin "Liverpul"ning yana bir sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi.
Turkiyaning "Trabzonspor" futbol klubi Braziliya terma jamoasi va Angliyaning "Liverpul" klubining sobiq yarim himoyachisi Fabinyoning transferini rasman e'lon qildi.
"Trabzonspor"da Fabinyo yana Muhammad Saloh bilan birga maydonga tushadi. Braziliyalik va misrlik futbolchilar bir necha yil davomida "Liverpul" safida birga o'ynab, jamoaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanishgan va Angliya Premyer Ligasi, UEFA Chempionlar Ligasi hamda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'alaba qozonishgan.
"Trabzonda meni tanish yuz kutib turibdi", deb yozdi Fabinyo Turkiya klubining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fabinyo 2018-yildan 2023-yilgacha "Liverpul" sharafini himoya qilgan. Shu vaqt davomida u mersisaydliklarga Chempionlar Ligasi, Angliya Premyer Ligasi, Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi, Angliya Superkubogi va UEFA Superkubogida g'olib chiqishda yordam bergan.
32 yoshli yarim himoyachining so'nggi klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasi bo'lgan.
Endi braziliyalik futbolchi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi va yaqinda "Trabzonspor"ga qo'shilgan Saloh bilan yana bir jamoada o'ynaydi.

