Toʻqayev erkaklarning quchoqlashib koʻrishishini tanqid qildi
Qosim-Joʻmart Toʻqayevning fikricha, erkaklar quchoqlashib emas, bir-birining qoʻlini mahkam siqib koʻrishishlari kerak.

Toʻqayev erkaklarning quchoqlashib koʻrishishini tanqid ostiga oldi
Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev erkaklar oʻrtasidagi quchoqlashib koʻrishish odatini qattiq tanqid qilib, buni mamlakatning anʼanaviy urf-odatlariga zid ekanligini taʼkidladi.
"Erkaklarning bir-birini quchoqlashi, oʻpishi, ayollarning erkaklarni, erkaklarning esa ayollarni oʻpishi yaxshi emas. Bizning urf-odatlarimizda hech qachon bunday holat boʻlmagan", — dedi u Ostonada parlament saylovlarida ovoz berganidan soʻng jurnalistlar bilan suhbatda.
Toʻqayevning qoʻshimcha qilishicha, harbiylarni bunday holatda tasavvur qilish ham mumkin emas.
"Erkaklar bir-biriga qoʻl uzatib, mahkam siqib koʻrishishi kerak. Qoʻlni iliq kotlet yoki novda kabi boʻsh uzatib emas, balki tabassum bilan salomlashish kerak, ammo undan ortigʻi emas. Ayniqsa, harbiy libosdagilar. Generallar ham bir-birini quchoqlay boshlayapti. Bu nimasi?" — deya eʼtiroz bildirdi u.
Yakshanba kuni Qozogʻistonda yangi bir palatali parlament — qurultoy saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Qonunga koʻra, Qurultoy saylanganidan soʻng hukumat oʻz vakolatlarini topshirishi va shunga muvofiq yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilishi kerak.

