Mahalliy

Toşkentda qozoğistonliklar ovqatdan zaharlanişi yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

SSV matbuot xizmatiga köra, jami 20 kişiga «ötkir diareya» taşxisi qöyilgan. Hozirda yoş futbolçilar va ularning yaqinlaridan iborat 18 kişi şifoxonada qolmoqda.

Toşkentda qozoğistonliklar ovqatdan zaharlanişi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toşkentdagi mehmonxonalardan birida bolalar o‘rtasidagi futbol turnirida qatnaşish uchun Qozoğistondan kelgan jamoa vakillari ovqatdan zaharlandi. Bu haqdagi maʼlumotni Özbekiston SSV matbuot xizmati tasdiqladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabr kuni futbol musobaqasida ishtirok etish uchun Qozoğistondan Özbekistonga kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari Toşkent şahridagi mehmonxonada nonuşta vaqtida yarim qovurilgan tuxum va sosiska isteʼmol qilgan. Şu kunning özida ularning 13 nafarida qayt qilish, ich ketish, qorin og‘rig‘i va tana harorati ko‘tarilishi kabi belgilar kuzatilgan.

Şundan so‘ng ular tez tibbiy yordam xizmati tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib kelingan.

Bu yerda ularga zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, so‘ng bemorlar 5-sonli şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasiga o‘tkazilgan. 2-3 noyabr kunlari yana 7 nafar kişi ham yuqoridagi belgilar bilan ushbu tibbiyot muassasasiga olib kelingan.

O‘tkazilgan tekşiruvlar asosida şifoxonaga keltirilgan jami 20 nafar bola va ularning yaqinlariga «o‘tkir diareya» dastlabki tashxisi qo‘yilgan. Ularning barçasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davolash muolajalari olib borilgan.

«Hozirda 2 kişiga ruxsat berilgan. Qolgan 18 nafar bemorning ahvoli barqaror, qoniqarli. Reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bemorlar yo‘q. Bemorlar yuqori malakali şifokorlar kuzatuvi ostida bo‘lib, ularni davolash uchun barça zarur şaroitlar yaratilgan», – deyiladi xabarda.

Boş prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-13-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Çilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.