Toşkent metropoliteni farroşlarga maoş keçiktirilayotganini rad etdi
«Toşkent metropoliteni» farroşlarga iş haqi keçiktirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniya maoşlar muntazam tölanişini bildirdi.

Toşkent metropoliteni farroşlarga maoş kechiktirilayotganini inkor etdi
«Toşkent metropoliteni» AJ ijtimoiy tarmoqlarda metro bekatlari va boshqa obyektlarni tozalash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga ish haqi kechiktirilayotgani yoki umuman to‘lanmayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Kompaniya ma’lum qilishicha, xodimlarga hisoblangan ish haqi muntazam ravishda, har oyning boshida to‘lab beriladi.
Metropoliten ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda farroshlarning o‘rtacha oylik ish haqi taxminan 1 million so‘mni tashkil etgan. Hozirgi vaqtda esa ularning ish haqi ish staji va mehnat sharoitlariga qarab 6–7 million so‘mga yetadi.
Ushbu davrda metropolitenning barcha xodimlari uchun o‘rtacha oylik ish haqi 2,8 million so‘mdan 8,4 million so‘mgacha oshgan.
Bundan tashqari, kompaniya ma’lum qilishicha, 2026 yil davomida xodimlarning o‘rtacha ish haqi darajasi 20 foizga oshirilgan.

